Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi



Yüklə 132,04 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2022
ölçüsü132,04 Kb.
#65713
1   2   3
payvandlash. musatqil ish

Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi

--Sovuq usulda (sovuq holatda) payvandlash — payvandlanadigan qismlarni anchagina plastik deformatsiyalagan holda, tashqi issiqlik manbalari bilan qizdirmasdan bosim bilan payvandlash. Sovuq holatda payvandlash usuli plastik deformatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida payvandlanayotgan yuzadagi mo‘rt oksid pardasi, ya’ni metallarning birikishiga halaqit beruvchi asosiy to‘siq parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan metallar orasida metalli boglanishlar yuzaga kelishi hisobiga yaxlit metall birikma hosil bo‘ladi. Ushbu bog‘lanishlar biriktirilayotgan metallar yuzalari (2—8) 10–7 mm atrofida yaqinlashtirilganda elektron bulut hosil bo‘lishi natijasida atomlar orasida yuzaga keladi. By bulut ikkala metall yuzaning ionlangan atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Prokatlab payvandlash
--Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalarni bajaruvchi ikki va undan ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall konstruk-siyalar hosil qilinadi. Kuch elementi vazifasini bajaruvchi qatlam a s o s i y q a t l a m deyiladi. Konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanuvchi maxsus xossalarga ega bo‘lgan qatlam qoplama qatlam deb ataladi. Qoidaga ko‘ra, asosiy qatlam qoplama qatlamga nisbatan qalinroq bo‘ladi va arzonroq materialdan tayyorlanadi. Payvandlash jarayoni plastik metallardan ko‘p qatlamli materiallar olishda biriktiriladigan materiallarni qizdirgan holda (issiq usulda prokatlab payvandlash) va sovuq holatda (sovuqlayin prokatlab payvandlash) amalga oshirilishi mumkin.
Prokatlab payvandlash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburiy deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi.



Prokatlab payvandlash sxemasi
1-valik; 2- payvandlanayotgan tanavorlar

Portlatib payvandlash — bosim bilan payvandlashning portlovchan modda zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga 1.5-rasm. Uzluksiz yurgizib ishqalab payvandlash sxemasi: 1 — tormoz; 2 — payvandlanayotgan tanavorlar. 9 oshiriluvchi bir turidir. Portlatib payvandlashning umumiy sxemasi 1.7-rasmda keltirilgan. Qo‘zg‘almas plastina 4 va harakatlanuvchi plastina 3 burchak uchidan berilgan h masofada a burchak ostida joylashtiriladi. Harakatlanuvchi plastinaga portlovchan modda zaryadi 2 qo‘yiladi. Burchak uchiga detonator 1 o‘rnatiladi. Payvandlash tayanch 5 (metall, qum) ustida bajariladi. Harakatlanuvchi plastinaning yuzi, qoidaga ko‘ra, asosiy plastinaning yuzidan katta bo‘ladi. Portlovchan moddaning tekis zaryadi juda tez portlaganda (detonatsiya) portlash mahsullarining yon tomonga otilish effekti ta’sirini kamaytirish uchun harakatlanuvchi plastina asosiy plastina tepasida osilib turishi zarur. Yuqori sifatli payvandlash ham bosim bilan payvandlash bo‘lib, bunda payvandlanadigan yuzalarni qizdirish uchun yuqori chastotali toklardan foydalaniladi. Bu tok payvandlanayotgan detallarga ikki usulda keltirilishi mumkin: — payvandlanayotgan detallarni YUCHT manbayiga ulovchi o‘tkazgichlar (konduktor) yordamida (energiya uzatishning konduktiv usuli); — payvandlanayotgan detallarda YUCHT manbayiga ulangan tok o‘tkazuvchi o‘ram (induktor) yordamida yuqori chastotali tokni induksiyalash evaziga (energiya uzatishning induksion usuli). O‘tkazgichdan yuqori chastotali tok o‘tkazilganda o‘tkazgichning atrofi va ichida magnit maydoni hosil bo‘lib, u elektromagnit induksiyasi qonuniga ko‘ra o‘tkazgichda o‘z induksiya eyUkni yuzaga keltiradi, bu eyUk ta’minlash manbayining eyUkga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda ichki tok liniyalariga ta’sir qiladigan o‘zinduksiya eyUk sirtqi tok liniyalariga ta’sir etuvchi o‘zinduksiya eyUkdan katta bo‘ladi. Bu hol o‘tkazgichning sirtida tokning zichligi uning ichidagidan kattaroq bo‘lishiga olib keladi. Bunday notekislik tok chastotasi ortganda, ya’ni o‘zinduksiya eyUk miqdori tok chastotasiga mutanosib bo‘lganda oshadi. Shunday qilib, tok chastotasi ortishi bilan o‘tkazgichning sirtidagi tok miqdori oshib boradi. Bu effekt sirtqi effekt deyiladi. Sirtqi effekt kuchli namoyon bo‘lganda tok o‘tkazgichning markaziy qismidan deyarli oqmaydi, bu esa o‘tkazgichning aktiv qarshiligi ortishi va qizish kuchayishiga olib keladi. Yaqinlik effekti qo‘shni o‘tkazgichlardan oqayotgan tok liniyalari qayta taqsimlanishidan iborat bo‘lib, bunga ularninig o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi sabab bo‘ladi. Bu hodisa sirtqi effekt ancha kuchli namoyon bo‘lgandagina, ya’ni tokning singish chuqurligi o‘tkazgichning ko‘ndalang o‘lchamlariga nisbatan ancha kichik bo‘lganda va o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi faqat qisman tok bilan band bo‘lgandagina yuz beradi. Agar yuqori chastotali tokli o‘tkazgich (induktor) o‘tkazuvchi plastina tepasida joylashtirilsa, plastinadagi tokning eng yuqori zichligi induktor ostida bo‘ladi. Plastina sirtidagi tok go‘yo induktor ketidan ergashgandek bo‘ladi. Bu hodisa payvandlanayotgan jismlarda tokning qayta taqsimlanishini boshqarib turish imkonini beradi va yuqori chastotali tok bilan payvandlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Xulosa:

Ishlatiladigan energiya turlariga ko‘ra, payvandlash, yaxlit qizdirib bosim


ostida payvandlash; temirchilik usulida prokatlab, siqib payvandlash; muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontakt usulida, induksion presslab,
yoy-presslab, duffiizion payvandlash; metallni tashqi issiqlik manbayi
bilan qizdirmay, bosim ostida payvandlash, ultratovush vositasida, sovuq ho-latda, ishqalab, portlatib, magnit-impuls usulida payvandlash;
suyuqlantirib payvandlash, elektr yoyi, gaz alangasida, termik usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan payvandlash kabinturlarga bo’linadi.
Prokatlab payvandlash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburiy deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyitlar:

M.A. Abralov, N.S. Dunyashin “Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari”


S.D.NURMURODOV, А.Х. RASULOV, K.G.BAXADIROV “MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI”


www.fayllar.org
www.payvandlash asoslari
Yüklə 132,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin