termik sinfi metallni suyuqlantirib payvandlash turlarini o ‘z ichiga oladi.
Termomexanik sinfga issiqlik energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlash turlari kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi.
- yaxlit qizdirib bosim ostida payvandlash; temirchilik usulida
prokatlab, siqib payvandlash;
-muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontakt usuli
da, induksion presslab, yoy-presslab, duffiizion payvandlash;
- metallni tashqi issiqlik manbayi bilan qizdirmay, bosim ostida
payvandlash, ultratovush vositasida, sovuq holatda, ishqalab, portlatib,
magnit-impuls usulida payvandlash;
- suyuqlantirib payvandlash, elektr yoyi, gaz alangasida, termik
usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan
payvandlash.
Bosim bilan payvandlashning mohiyati Prokatlab payvandlash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburiy deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi.
Bosim bilan payvandlashda tanavorlar (zagotovkalar)ni biriktirishga biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi. Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlar ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o‘z-o‘zidan yuz beradi. Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birikmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi. Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar — oksidlar, yog‘ pardalari va boshqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1—108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin. Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi. Qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik bo‘lib qoladi. Haroratni yanada ko‘tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. By holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘zo‘zidan birlashadi. Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo‘ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar 5 va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo‘lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan kristallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.