Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#47239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Muhammad 11a18kt

Adsorbsiya.

.Gaz, bug' yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g'ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi.

Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo'lgan modda esa adsorbat deyiladi.

Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug' aralashmalarini ajratish uchun qo'llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatic uglevodorodlami ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo'llaniladi. Bu usul yordamida xomashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin. Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Adsorbsiya jarayonlari odatda, desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.

Qattiq jismning yuzasiga ta'sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko'ra adsorbsiya ikki xil bo'ladi: ftzik adsorbsiya va xemosorbsiya.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin