Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Absorbsiya jarayonini olib borish usullari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#47239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Muhammad 11a18kt

Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiрial chizmalar qo‘llaniladi:

— parallel yo‘nalishli;

— qarama-qarshi yo‘nalishli;

— bir pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali;

— ko‘p pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali.

16- a rasmda parallel yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan. Bunda gaz oqimi va absorbent parallel (bir xil) yo‘nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda absorbtiv konsentratsiyasi katta bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bo‘lgan suyuq faza bilan to‘qnashuvda bo‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv

konsentratsiyasi kichik bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

Adsorbentlarning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu uning yutish qobiliyati yoki faolligidir. Adsorbent faolligi uning birlik massasi yoki hajmida komponent yutish miqdori bilan belgilanadi. Yutish qobiliyati 2 xil, ya’ni statik va dinamik bo‘ladi. Adsorbentning statik yutish qobiliyati massa yoki hajm birligida maksimal miqdorda modda yutishi bilan belgilanadi.

Dinamik yutish qobiliyati esa adsorbent orqali adsorbtiv o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.

Adsorbentlarning komponent yutish qobiliyati harorat, bosim va yutilayotgan modda konsentratsiyasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarda adsorbentning maksimal yutish qobiliyati muvozanat faolligi deb nomlanadi






16- rasm. Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalarda tasvirlash:

a – parallel; b – qarama-qarshi; d – absorbent resirkulyatsiyasi bilan;

e – absobtiv resirkulyatsiyasi bilan

Ushbu chizmali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to‘qnashuvda bo‘lsa, ikkinchi uchida esa konsentratsiyalari past fazalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

Qarama-qarshi yo‘nalishli chizmalarda parallel yo‘nalishliligiga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo‘ladi. Lekin jarayonning o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo‘nalishliligiga nisbatan kam bo‘lgani uchun qaramaqarshi yo‘nalishli absorberning gabarit o‘lchamlari katta bo‘ladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin