Faollangan ko‘mirlar, odatda, tarkibida uglerod bo‘lgan yog‘och, torf, hayvonlar suyagi, toshko‘mir kabi mahsulotlarni quruq haydash yo‘li bilan olinadi. Ko‘mir faolligini oshirish
uchun unga 900°C dan ortiq haroratda havosiz termik ishlov beriladi. Bunda material g‘ovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida ekstraksiya qilib olinadi.
Faollangan ko‘mirlarning solishtirma yuzasi – 600ј1750 m2/ g. Тo‘kma zichligi – 250ј450 kg/m3, mikrog‘ovaklar hajmi –0,23...0,7sm3/g. Bundan tashqari ular tarkibida juda kam miqdorda (<8%) kul bo‘ladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, havoda 300°C haroratda faollangan ko‘mir yonadi.
Adsorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan adsorberlarda iloji boricha gaz va qattiq yuza o’rtasidagi to’qnashuv yuzasini ko’paytirish zarur. Ushbu to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra adsorberlar
shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) Kontakli adsorbsiya;
2) Statik adsorbsiya;
3) Perkolyastion adsorbsiya.
Dostları ilə paylaş: |