Kontakli adsorbstiya. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan adsorberlar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va o’lchami adsorberlarda xomashyo va adsorbentlar bir-biri bilan aralashtiriladi va maxsus ramkali va diskli filtirlarda xomashyo va adsorbentlar ajratib olinadi. Bu jarayonda suyuq xom ashyo va qattiq adsorbentlar ishtirok etadi, natijada xomashyoning rangi tiniqlashib, ishchi xossalari yaxshilanadi va sifati oshadi.
Statik adsorbstiya. Bu adsorbsiya turi eng ko’p tarqalgan jarayon hisoblanadi.
Adsorbent qo’zg’almas qatlamda joylashtiriladi. Tozalanishi kerak bo’lgan gaz yoki
suyuq fazalari shu qo’zg’almas qatlamdan o’tkazilib turiladi. Adsorbent sifatida sun’iy yoki tabiiy adsorbentlar ishlatilishi mumkin. Sun’iy adsorbentlarga silikatlar yoki silikagellar, alyumogellar va steolitlar ishlatilishi mumkin. Tabiiy adsorbentlar sifatida esa bentonitlar, aktivlashtirilgan ko’mirlar, boksitlar, gilmoyalar ishlatilishi mumkin. Jarayonda kamida ikkita adsorberlar ishlatiladi, sababi birinchi adsorberda adsorbsiya jarayoni borsa, ikkinchi adsorberda desorbsiya jarayoni boradi va jarayonning uzluksizligi ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |