Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə19/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#47239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Muhammad 11a18kt

Atrof - muhit muhofazasi

Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan resurslar manbaidir. Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo‘la oladi. Insonlar faoliyati natijasida tabiatning o‘zgarishi shubhasiz. Bu o‘zgarish ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga uzviy bog'liq va nisbiy muvozanatda bo'ladi. Keyingi yillarda bu o‘zgarishlar shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug‘ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd.t ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98 foizi esa chiqindi sifatida tashlanadi. 60 mln.t sintetik moddalar, 100 mln.t mineral o‘g‘it, 3 mln.t zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqariladi. Bularning bari atrof-muhitni ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to'siq bo‘lmoqda. Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga aylandi.

Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p miqdorda (75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0 mln tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidirBenzinsizlantirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo’lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og’ir uglevrdorodlar va suv bug’lari kondensaciyalanadi, so’ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan etarli darajada ajratish imkonini ta`minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o’tkazish talab etiladi.

Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiatni qo`riqlash deganda, uning turli qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq, yer osti boyliklari, landshafitlar, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ularning barchasi bir-biri bilan ekologik bog`liq bo`lib, bittasining buzilishi boshqasining o`zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg'ini yoqish, atmosferani S02 gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o`z navbatida S02 ning havodagi suv bug`lari yog`inlar ta`sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni va suvni ifloslaydi.


Barcha mamlakatlarda zararli moddalaming me’yoriy darajasidagi konsentratsiyasi (MDK) ishlab chiqilgan. 0`zbekistonda hoziigi paytda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan (MDK) amalda qo'llanilmoqda. Masalan, atmosfera ifloslanishining me’yoriy darajadagi konsentratsiyasi me’yori shunday konsentratsiyaki, kishiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir etmaydi. Uning ish qobiliyatini pasaytirmaydi. Kayfiyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrim moddalaming MDKsi quyidagi jadvalda berilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin