Perkolyastion adsorbsiya. Perkolyastion adsorberlarda adsorbentlar xomashyo bilan birgalikda xarakatlanishi natijasida suyuqlik yoki gazlar qattiq yuza bilan harakatlanish vaqtida bir biri bilan kontaktlashishadi. Perkolyastiya so’zining ma’nosi “filtirlash” degani bo’lib, jarayonda tozalanishi kerak bo’lgan maxsulotlar filtirlanish natijasida tozalanadi. Bu jarayon sanoatda ko’pincha neft moylarini tozalash uchun qo’llaniladi.
Odatda davriy adsorbstiya jarayoni 4 ta bosqichda olib boriladi:
1) adsorbstiyaning o’zi; 2) desorbstiya; 3) adborbentni quritish; 4) adsorbentni sovitish.
Bir necha (eng kami bilan ikkita) davriy ishlaydigan adsorberlardan tashkil topgan qurilmaning ishini uzluksiz rejimda uyushtirish mumkin. Bunda qurilmalar ketma-ket adsorber yoki desorber vazifasini bajaradi. Bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Tozalangan gaz qurilmaning yuqorigi qismidagi shtuster orqali chiqib ketadi.
Adsorbentning ortiqchasi tushirish trubasi orqali chiqib ketadi. Gaz oqimi bilan qo’shilib ketayotgan adsorbentning mayda zarrachalari separator 3 yordamida ajratilib, qatlamga qaytariladi. O’zida yutiluvchi modda tutgan adsorbent boshqa qurilmada desorbstiya qilinadi. Regenerastiya qilingan adsorbent qayta ishlatiladi. Bu qurilmada adsorbent mavhum qaynash holatida bo’ladi. Qurilma stilindrsimon qobiq 1 dan iborat bo’lib, adsorbent uzluksiz ravishda gaz taqsimlovchi panjara 2 ustiga berilib turiladi. Gaz aralashmasi ma’lum kritik tezlik bilan panjaraning ostiga beriladi, so’ng adsorbent qatlamidan o’tib uni mavhum qaynash holatiga keltiradi. Adsorbstiya davomida tegishli komponentlar gaz aralashmasi tarkibidan qattiq fazaga yutiladi.
Neft gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo’lishiga qarshi kurashda ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda kam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi va natijada suv bug’lari bosimi, hamda gaz gidratlari hosil bo’lish harorati pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo’lish harorati pasaytiriladi. Qayta ishlanadigan neft gazini hajmidan, bu gazdagi zarur komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko’ra benzinsizlashtirishni 4 usuli qo’llaniladi:
- kompressorlash;
- past temperaturali kondensastiya va rektifikastiya;
- adsorbstiya
Benzinsizlashtirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo’lib, havoli va suvli sovitgichlarda sovutiladi. Bunga gaz tarkibidagi og’ir uglevodorodlar va suv bug’lari kondensastiyalanadi, so’ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan etarli darajada ajratish imkonini ta’minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o’tkazish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |