Atmosferada ba’zi bir zararli moddalar konsentratsiyasining
me’yoriy darajasi (MDK mg/m3 hisobida)
MODDALAR
|
BIR MARTALIK ME`YORI
|
O`RTACHA SUTKALIK ME`YORI
|
I/CH KORXONASIDAGI ME`YORI
|
Ammiak
|
0.2
|
0.2
|
20
|
Atsetaldegid
|
0.1
|
0.1
|
5.0
|
Atseton
|
0.35
|
0.35
|
200.0
|
Geksaxloran
|
0.03
|
0.03
|
0.1
|
Ksilollar
|
0.2
|
0.2
|
50.0
|
Fenol
|
0.01
|
0.01
|
50.0
|
Metanol
|
1.0
|
0.5
|
5.0
|
Uglerod (II) oksid (CO)
|
3.0
|
1.0
|
20.0
|
Azot oksidlari (N2O5 ga hisoblanganda)
|
0.085
|
0.085
|
5.0
|
Formaldegid
|
0.035
|
0.012
|
0.15
|
Simob (bug`lari)
|
0.0003
|
0.0003
|
0.01
|
Vodorod sulfid
|
0.008
|
0.008
|
10.0
|
Uglerod sulfid
|
0.03
|
0.005
|
10.0
|
Oltingugrt (IV) oksid
|
0.03
|
0.005
|
10.0
|
Vodorod xlorid
|
0.2
|
0.2
|
50.0
|
Uglerod (IV) xlorid
|
4.0
|
2.0
|
20.0
|
Sanoat va transportning rivojlanib borishi natijasida kislorod sarfi kun sayin ortib bormoqda. Kislorodni iste’mol qiluvchi manbalar avtomobil va samalyotlardir. Hozirgi kunda dunyoda 700 mln dan ortiq avtomobillar bor.
Ularning soni har yili aholi o‘sishiga nisbatan 5 marta tezroq o‘smoqda. Hozirgi zamon reaktiv samolyotining bittasi Amerikadan Yevropagacha uchib kelganda 50—1001. gacha kislorodni yoqilg‘ini yonishi uchun sarflaydi. Shuncha miqdor kislorodni bir
kunda 10 ming gektar o‘rmon ishlab chiqaradi. Mutaxassis olimlaming hisoblariga qaraganda, hozirgi paytda sayyoramizdagi o‘simliklar chiqaradigan kislorodning 10—25 % turli yoqilg‘ilarning yonishi uchun sarflanmoqda. 0‘rmon zaxiralarining kamayib borayotganligi, suvning ifloslanishi sababli suvo‘tlari chiqaradigan kislorod miqdorining kamayib ketayotganligi atmosfera kislorodi miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.
Kislorod zaxiralaridan foydalanish ortib borishi, ekvivalent miqdorida atmosferada C02 ning ko'payib ketishiga sabab bo'lmoqda. BMT ma’lumotlariga qaraganda, keyingi yuz yil ichida Yer atmosferasida C02 ning miqdori 10—15 % oshgan. Ya’ni 400 mlrd.t.ga yetgan. Bir yilda atmosferaga 270 mln.t. C02, 60 mln.t dan ko‘p azot oksidlari, 70 mln.t. uglevodorodlar chiqarib tashlanmoqda.
Benzinsizlantirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo’lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og’ir uglevrdorodlar va suv bug’lari kondensaciyalanadi, so’ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan etarli darajada ajratish imkonini ta`minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o’tkazish talab etiladi.
.
Atmosferani zaharlovchi asosiy manbalardan biri bu avtomobil va samolyotlardir. Bir avtomobil bir yilda o‘rtacha 800 kg dan ko'proq zaharli uglovodorodlar, 40 kg azot oksidlari, 200 kg aldegidlar, anchagina CO (50 ot kuchiga ega bo‘lgan 1 avtomobil 1 daqiqada 60 litr CO chiqaradi), 3,4 benzpiren, qo‘rg‘oshin oksidlari, oltingugurtli birikmalar qurum va boshqa ko‘pgina toksillarni atmosferaga chiqarib tashlaydi.
Kimyo sanoati ham atmosferani ifloslantirmoqda. Kimyo sanoati asosan azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, uglevodorodlar, galogenlar va boshqalami atmosferaga ko‘plab chiqarib tashlamoqda. Atmosfera havosida hozirgi paytda 900 mln.t. dan ko‘proq doimiy ravishda ifloslantiruvchi moddalar mavjud.
Atmosferaga tushuvchi zararli aralashmalar 2 guruhga bo‘linadi.
1. Muallaq zarrachalar (aerozollar), chang, tutun va tumanlar.
Tutun — ichida qattiq modda — zarrachalar bo‘lgan gazlar aralashmasidan iborat sistema. Tuman — ichida suyuqlik tomchilari bo‘lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir
2. Gazsimon va bug‘simon moddalar.
Birinchi guruhga anorganik va organik moddalaming qattiq muallaq osilib turuvchi zarrachalari hamda turli korxonalarda puflab atmosferaga chiqarib tashlanuvchi gazlar bilan hamda ventilyatsiya sistemalaridan chiqqan suyuqlikni mayda tomchi va zarrachalari kiradi. Anorganik changlar sanoatda metallarning rudalaridan ajratib olishda, alyumosilikatlami turli mineral tuzlami, qayta ishlaganda, o‘g‘itlar, karbitlar, sement va boshqa ko‘pgini anorganik moddalami ishlab chiqarishda hosil bo‘ladi. Ko‘mir slanets, torf, yog‘och, saja, rezina asfalt kabilami changsimon zarrachalari o‘simliklami himoya qiluvchi vositalaming aerozollari va boshqalar organik modda zarrachalaridir. Tumanlami esa, kislotalar va ulaming angidridlari havodagi suv bug'larida erib hosil qiladi. Yana neftni qayta ishlash sanoati, transport, qishloq xo‘jalik aviatsiyasi kabilar atmosferaga chiqarib tashlaydigan og‘ir suyuq qoldiq va chiqindilar ham tumanlar hosil qiladi.
XULOSA
Jarayonda ishlatilayotgan xomashyo – to’yingan uglevodorodlar (parafinlar) va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, tuzilishi haqida ma’lumotlar keltirildi. Kurs loyihasida havo tarkibidagi benzin bug`larinI aktivlangan ko`mir yordamida adsorbsiyalash jarayoni o`rganildi. Avvalo adsorbsiya jarayoni orqali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishda atrof – muhitga zarar yetkazmay chiqindi gazlarsiz ishlash prinsipini o’rgandim. Loyihaning hisob qismida foydalaniladigan materialning moddiy va issiqlik balansi, adsorberning mexanik xisobi, uning mexanik o’lchamlari, mustahkamlik shartlari va materiallar tanlab olindi. Hamda ushbu texnologik jarayonni atrof-muhitga ta’siri, uni oldini olish chora tadbirlari, ekologik muammolar texnika xavfsizligi qismida keltirilgan. Bundan tashqari kurs loyihada tayyor mahsulotning foydalanish sohalari, benzin navlari, kimyoviy tarkibi va uning oktan sonini oshirish haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan. So’ng texnologik jarayon to’g’risida, unda apparatlarning ishlash printsipi, jarayon borishi haqida yozilgan. Olingan natijalardan shuni angladimki benzin bug`larini adsorbsiyalash katta ahamiyatga ega ekan.
Bundan tashqari hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati Yevro-2 standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirilgani va yevro-4 Yevro-5 yoqilg`ilari haqida ham bir qancha ma`lumotlarga ega bo`ldim..
Ammo texnika va texnologiyaning hozirgi holati atmosferaga zararli moddalaming tushishini to‘liq oldini olish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham atmosferani himoya qilishning nisbatan oddiy vositasi bo‘lib, turli gaz tozalash qurilmalari xizmat qiladi. Adsorberlar yordamida benzin bug`larine tozalash atmosfera havosini tozaligini ta`minlaydi. Va albatta, sifatli, ekologik toza bo`lgan kelajak yoqilg`isi ustida biz texnologlar ish olib borishimiz juda muhim ahamiyat kasb etadi !
Dostları ilə paylaş: |