Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


  4. Soliq tizimidagi islohotlar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
1.14-

 


93 
4. Soliq tizimidagi islohotlar 
 
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini 
barqarorlashtirishda 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki soliqlar 
xazinani to‘ldiruvchi asosiy manbadir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida 
mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e’tibor berildi. 
Mustaqillik davrida soliq tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.Vazirlar 
Mahkamasining 1991-yil 12-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida Soliq 
organlari haqida»gi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 1994 yil 18 
yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarmasini 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni 
imzolanishi soliq tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda turtki bo‘ldi. 
1997-yilga kelib faoliyati kengaygan O‘zbeksiton Respublikasi Soliq 
Qo‘mitasi Davlat Soliq qo‘mitasi deb o‘zgartirildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida barcha sohalar qatori soliq tizimiga 
bo‘lgan munosabatlar ham tubdan o‘zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor 
iqtisodiyotini amalda tartibga soluvchi muhim vosita va davlat daromadlarini 
vujudga keltiruvchi bosh manba darajasiga ko‘tarildi. 
O‘zbekiston Respublikasining hozirgi soliq siyosatining muhim xususiyati 
shundaki, unda strategiyaning aniq belgilanishi, unga erishishning taktik 
yo‘nalishlarining ifodasi sifatida ilmiy asoslangan konsepsiyaning ishlab chiqilib, 
izchil amalga oshirilib borilayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning soliq siyosatining 
strategiyasi sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish 
siyosatini 
davom 
ettirish? 
soliq 
ma’muriyatchiligini 
takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim 
masalalar belgilab olingan bo‘lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda 
mamlakatning 
investitsiyaviy 
jozibadorligini yaxshilashning muhim 
shartlari sifatida belgilab olindi.
Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlab 
o‘tganidek, soliq siyosatining avvalgi 
yillaridagi holatining tanqidiy tahlili 
mazkur sohada bir maromda iqtisodiy 
o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy 
faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat 
muhitini shakllantirishga, shuningdek, 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
yig‘iluvchanligi 
zaruriy 
darajasini 
ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarning mavjudligini 
ko‘rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017–2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish 
tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini 
amalga oshirish maqsadida keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda 


94 
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalariga 
asoslanib ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu 
konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy 
byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi 
byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash 
bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz 
ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib 
borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar darajasida soliq-
byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilandi.Ta’kidlash joizki, bu 
jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo‘lgan davrdan buyon eng yuqori 
ko‘rsatkich 2018-yilga tegishli bo‘lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga soliq 
tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, 
dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd 
so‘mdan ortiq bo‘lgan, bu esa qariyb 20 % ga ortig‘i bilan bajarildi. Oxirgi ikki 
yildagi prognoz ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishining asosiy sabablari sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi «Mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini 
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2017-yil 18-iyuldagi «Soliq 
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, farmoni, 
2018-yil 
29-iyundagi 
«O‘zbekiston 
Respublikasining 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Harakatlar strategiyasining soliq 
tizimini isloh qilish borasidagi vazifalarning amalga oshirilishi natijalari va keng 
qamrovli iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lidagi 
farmoni, 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son «Davlat soliq xizmati organlari 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarida 
belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi bo‘yicha soliq 
ma’murchiligining 
yanada 
takomillashtirilishi 
va 
soliqlarni 
undirish 
mexanizmlarining soddalashganligini keltirish mumkin. 
Xususan, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga 
nisbatan 6 barobar ko‘p mablag‘ qoldi, holbuki, 2017-yilda 960,2 mlrd. so‘m, 
2016-yilda esa,atigi 176,8 mlrd. so‘m hududlar ixtiyorida qolgan bo‘lsa, agar buni 
viloyatlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Andijon viloyatida 2017-yilda 61,2 mlrd. 
so‘m viloyat mahalliy byudjetida qoldirilgan bo‘lsa, 2018-yil yakunlariga binoan 
bu ko‘rsatkich 2796 mlrd.so‘mga yetdi. Sirdaryo viloyatida 30,0 mlrd. so‘mdan 
171,0 mlrd. so‘mgacha, Xorazm viloyatida 41,3 mlrd. so‘mdan 195,4 mlrd. so‘mga 
oshdi, 2017-yilda tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq tushumlari 
respublika bo‘yicha 1 042,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda soliq 
stavkalari o‘rtacha 30 foizga kamayganligiga qaramasdan, 1 127,6 mlrd. so‘mga va 
o‘sish 108,1 foizga teng bo‘ldi. Bu konsepsiya doirasida 2019-yil 1-yanvardan 
boshlab soliq siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etildi. 
– 2019-yil 1-yanvardan soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida 
to‘xtaladigan bo‘lsak, soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq Jismoniy shaxslar 


95 
daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 foiz 
miqdorida joriy etildi. 
Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir 
tadbirlaridan biri, bu – yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25 foizdan 12 
foizgacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 
foizdan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar 
ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trillion so‘mni tashkil qiladi. 
Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8 foiz) 
bekor qilindi. 
Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar 
miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 
– tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22 foizdan 20 foizgacha; 
– korxona va tashkilotlar uchun 14 foizdan 12 foizgacha; 
– dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun 10 foizdan 5 foizgacha 
kamaytirildi. 
Yuridik shaxslarning aylanmasidan (tushumi) undiriladigan davlat maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Bu ajratma 15 foiz rentabellik 
bilan ishlaydigan korxona uchun 21,3 foizlik foyda solig‘i bilan tengdir. Demak, 
foyda solig‘i stavkasi bilan birga umumiy soliq yukining kamayishi qariyb 23,5 
foizni tashkil qiladi. Buning hisobiga respublika bo‘yicha soliq to‘lovchilarning 
ko‘radigan foydasi 5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qiladi. 
Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq 
siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha 
pasaytirildi. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirildi. 
Yillik aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13-40 foizga kamaytirildi. 
Yillik aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori va 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan 
yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4 foizlik stavkada soliq to‘lashga 
o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi. 
2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi 
(tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy 
miqdorga etgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi. 
Sirasini aytganda, soliq tizimidagi bu kabi o‘zgarishlar aholi daromadlarini 
oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Soliq siyosatidagi bu o‘zgarishlar tadbirkorlarni 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 26- sentyabrdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, soliq siyosatida ayrim o‘zgarishlar 
amalga oshirildi. 


96 
– Prezidentimiz farmoniga binoan, 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. 
– O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumning uchdan birini 
qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil etadi. Bu mamlakat oldida turgan ko‘plab 
xarajatlar uchun muhim manba hisoblanadi. 
Bugun byudjet tashkilotlarida 1,7 million aholi doimiy ish bilan band, 3 
milliondan ortiq pensiya yoshidagi fuqarolar bor. Davlat tomonidan ularga har oy 
maosh va nafaqalar beriladi. Davlat o‘z oldida turgan ana shunday majburiyatlarni 
to‘la bajarishi uchun o‘tgan vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizda 
ushlab turishga to‘g‘ri keldi. 
O‘tgan yilgi soliq konsepsiyasida 2019-yil 1-yanvardan ish haqi fondiga 
bo‘lgan soliq yukini kamaytirish ko‘zda tutilgandi. Natijada ushbu sanadan 
boshlab jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 22 foizdan yagona 12 foizga 
tushirildi. Sakkiz foizlik ish haqidan sug‘urta badali olish umuman bekor qilindi. 
Ammo Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlab ish tutishi 
natijasida tadbirkorlar yaratilgan soliq imtiyozlaridan oqilona foydalanib, o‘z 
faoliyatini yanada jonlantirdi. Buning natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining davlat byudjetiga tushumi ikki baravarga ortishi kuzatildi. 
Yilning birinchi yarmida qo‘shimcha 571 ming soliq to‘lovchi aniqlandi. Daromad 
solig‘i davlat byudjetini shakllantiruvchi uchinchi soliq turi ekani qayd etildi. 
Ayni shu natijalar qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish qarorini 
qabul qilishga turtki bo‘ldi. 15 foizlik stavkani 2020 yil 1 yanvardan joriy etish 
taklifi ilgari surilgan edi. Ammo davlatimiz rahbari bu amaliyotni 1 oktyabrdan 
joriy qilish va iqtisodiyotda biznes uchun engilliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar 
berdi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika 
miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq 
aylanma mablag‘ tejab qolinadi. 
– 2020-yildan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadini 
shakllantiruvchi asosiy to‘lov manbai hisoblanadi. Shu bois yil boshidan mehnat 
haqiga soliq yukini kamaytirish jarayonida yagona ijtimoiy to‘lovni saqlab qolish 
va ulardan tushadigan tushumlarni keskin xavf ostiga qoldirmaslik maqsadida 
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun avvalgi 25 foizlik stavka 
saqlab qolingan edi. Qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ushbu raqamlar 
12 foizgacha kamaytirildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat ulushi bo‘lgan 4 
ming 609 korxona mavjud. Ularda qariyb 665 mingga yaqin kishi ish bilan band. 
Yangi amaliyot sabab ular hisobida 2,7 trillion so‘m mablag‘ jamg‘arib qolinadi. 
Shu tariqa korxona o‘z faoliyatini rivojlantirish, xodimlarga qo‘shimcha maosh 
to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. 
– Ushbu farmon bilan tadbirkorlar hisob raqamlarini to‘xtatib qo‘yishning 
amaldagi tartibi bekor qilindi. 
– Shu kunga qadar, tadbirkor topgan daromadi haqidagi ma’lumotlarni soliq 
idoralariga taqdim etmagan taqdirda, soliq kodeksiga ko‘ra, ular mablag‘larining 


97 
bankda aylanishiga chek qo‘yilardi. Bunday vaziyatda tadbirkor soliq idoralariga 
murojaat qilmasa, taqiq belgilanmagan muddatgacha davom etardi. 
Hozirgi kunda 18 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bankdagi 
amaliyotlari to‘xtatilgan. Bu iqtisodiyotda pul mablag‘larining harakatlanishiga 
chek qo‘yish demakdir. 
Prezidentimiz farmoni bilan endilikda soliq idoralari va tadbirkor o‘zaro 
hamkorlikda ishlashi belgilandi. Shunda ham tadbirkor daromadlarini yashirishda 
davom etsa, oxirgi chora sifatida cheklov belgilanadi va bu muddat 30 kundan 
ortiqni tashkil qilmaydi. 
– Axborot texnologiyalari davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida 
keng qo‘llanilmoqda, jumladan, soliq siyosati va uning tuShumini nazorat qilish 
sohasida ham. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan soliq nazorati 
mexanizmlari joriy qilinmas ekan, bu islohotlarning to‘la samara bermasligi, davlat 
byudjeti daromadlarini shakllantirishda kamchiliklarning yuzaga kelishiga olib 
kelishi mumkin. 
Shu bois soliq organlari faoliyati bugun tubdan o‘zgartirilmoqda. Yetti xil 
yangi turdagi soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmoqda. Bu qo‘shilgan qiymat 
solig‘i guvohnomasini olish, bojxona deklaratsiyasi asosida kirib kelgan 
yuklarning elektron hisob-fakturasini joriy qilish, butun mamlakat tadbirkorlik 
faoliyati hisobini elektron ko‘rinishga o‘tkazish, elektron transport yuk xati joriy 
qilib, yo‘ldagi yuklar harakatini nazorat qilish va mahsulot tayyor bo‘lganidan 
so‘ng ular savdosida onlayn nazorat-kassa apparatlarini joriy qilishda namoyon. 
Soliq tizimiga bu kabi amaliyotlarni joriy etishda Xitoy, Rossiya, Birlashgan 
Arab Amirliklari kabi davlatlar tajribalari o‘rganildi. Bu, o‘z navbatida, soliq 
to‘lovida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. 
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda soliq siyosati, u bilan bog‘liq 
o‘zgarishlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir13. 
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarga 
o‘zgartirishlar kiritildi. 
2020-yil 7-yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» qabul 
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi (
O‘RQ-601
-son 
Qonun). 
Yangi tahrirdagi 
Soliq kodeksi
 quyidagilarni nazarda tutadi: 
-kodeksdan muayyan to‘lovlar va yig‘imlarni chiqarib tashlash va ularni 
alohida qonunlarga o‘tkazish (davlat boji, bonuslar, yig‘imlar); 
-ayrim soliqlarning (ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq) nomi va 
tuzilmasini o‘zgartirish; 
-ayrim soliq to‘lovchilar (qishloq xo‘jaligi korxonalari, oilaviy korxonalar) 
uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish. 
Shundan kelib chiqib qator qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi: 
13
2019 йилда Ўзбекистон солиқ сиёсатида тарихий ўзгаришлар даври бўлади.Mening fikrim. uz./ news/ view / 
225.6.11.2018. 


98 
1) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun 
bonuslar kabi to‘lovlar mavjud emas. Bonuslar «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi 
Qonunga o‘tkazildi (2018–XII-son Qonun). Bonuslarga soliq solish tartibi saqlab 
qolingan holda (ham imzoli bonus, ham tijoratbop topilma bonusi) imzoli 
bonusning eng kam miqdorining miqdorlari o‘zgardi. Endi foydali qazilmalarni 
qidirish va razvedka qilish huquqi uchun ular: -uglevodorodlar – 5 000 BHM; -
oltin – 1 000 BHM; -qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar – 500 
BHM; -rudali foydali qazilmalar (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar 
konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) – 250 BHM; -noruda 
foydali qazilmalar – 50 BHMni tashkil etadi; 
2) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ekinzorlarning maydoniga bog‘liq holda 
aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lashi 
kerakligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga umumbelgilangan tartibda soliqlar 
(QQS va boshqalar) to‘lovchi korxonalar uchun foyda solig‘i bo‘yicha nol darajali 
stavka belgilanadi. Shu munosabat bilan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga 
(602–I-son Qonun) o‘zgartirishlar kiritildi; 
3) amaldagi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq (O‘RQ–
327-son Qonun) oilaviy korxonalar YAST to‘laydi. Bunda uy sharoitida ishlab 
chiqarilgan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini 
realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha ham ular YAST to‘lashdan ozod 
qilingan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq «Oilaviy tadbirkorlik 
to‘g‘risida»gi Qonunga oilaviy korxonalar barcha boshqa korxonalar kabi tushum 
hajmiga bog‘liq holda: aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan 
tartibda soliqlar to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi; 
4) «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga 
(69–II-son Qonun) tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida mahalliy 
davlat hokimiyati organlari vakolatlari qismida o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, 
kodeksning yangi tahririga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyoz belgilash huquqi bekor qilinadi; 
5) yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan boshqa 
qonunlarga 
ham 
(O‘RQ-313, O‘RQ-379, O‘RQ-417, O‘RQ-436, O‘RQ-
454, O‘RQ-456, O‘RQ-476, O‘RQ-497, O‘RQ-508-son) o‘zgartirishlar kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi 
tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi 
yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy 
tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, 
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy 
mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish 
natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning 
tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Turmush darajasi, 
oilasining farovonligi o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar 
tobora ko‘payib bormoqda 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin