5
O‘zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga
erishishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yuzaga kelgan
murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, iqtisodiy
islohotlar,
xususiy
mulkchilikning
shakllanishi,
O‘zbekistonda
bozor
munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy va madaniy
taraqqiyot, respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik
yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, O‘zbekiston
va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy
yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning
umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarning
o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.
Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nomutaxassis
fakultetlar talabalari uchun mo‘ljallangan hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» namunaviy dasturi asosida yoritilgan. Mavzu
so‘nggida texnologik usullar, nazorat savollari va topshiriqlari, tayanch
tushunchalar, glossariy va testlar berilgan.
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida prof. R.X.Murtazayeva, prof.
D.B.Bobojonova, prof. N.Jo‘rayev darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan
foydalanildi. Biz mualliflarga o‘z samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Umuman, ushbu o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilar va talabalariga, balki O‘zbekistonning eng yangi tarixi davriga
qiziquvchi va uni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun ham
mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: