Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149
1.14-

8-iyunda Qo‘qonda
tinch namoyishchilar 
ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi. Natijada
50 dan ziyod 
namoyishda qatnashgan aholi halok
bo‘ldi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 
200 dan ortig‘i esa yarador
qilindi. Umuman 3
-12 iyun kunlari Farg‘ona
viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan 
o‘qqa tutilishi oqibatida 
103 kishi halok b
o‘lgan. 
1009 kishi yarador
bo‘lgan va 
650 xonadonga o‘t
qo‘yilib, vayron qilingan. 
Mudhish voqealardan keyin berilgan rasmiy bayonotlarga ko‘ra, respublikada 
vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikdan ommaviy tartibsizliklarni, millatlar 
o‘rtasida nifoq va to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishga uringan ekstremistik kuchlar 
turgan. 
Bu ataylab uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik edi
. Farg‘onadagi mudhish 
voqea Sumgayit, Boku, Tog‘li Qorabog‘, O‘sh-O‘zgan va boshqa mintaqalarda 
xuddi shunday tarzda uyushtirilgan ig‘vogarlik bilan bir qatorda turar edi. Farg‘ona 


21 
voqealaridan keyin O‘zbekistonning I.Karimov boshliq siyosiy rahbariyati bu 
masalada fojianing asl sabablarini ochib tashlash, o‘z xalqining shon-shuhrati va 
qadr-qimmatini himoya qilish yo‘lidagi o‘zlarining mashaqqatli urinishlarida ular 
respublikaning eng keskin muammolarini birinchi bor oshkora ravishda 
muhokamaga qo‘ya boshladilar.
XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish 
boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish 
imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — 
mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun 
harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan 
yuborilgan «kadrlar to‘dasi» ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim 
mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy 
qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta 
ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning 
aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan 
Islom Karimovdek fidoyi insonning O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 
saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat 
tiklandi.
Islom Karimovning mustaqillik arafasida markazga har doim ham xush 
kelmaydigan, ammo respublika va uning aholisi manfaatlariga javob beradigan 
ichki hamda tashqi siyosati, amalga oshirgan chora-tadbirlari, rahbarlik irodasi va 
siyosatchi sifatidagi aql-idroki tarixiy burilish pallasida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‘ldi. I. A. Karimov respublikamizdagi o‘sha davrdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatni chuqur tahlil qilib, aholining, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy va 
ijtimoiy ahvolini birmuncha bo‘lsa-da yaxshilash uchun paxta ekin maydonlarini 
qisqartirish, uning ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishni maqsad qilib qo‘ydi. 
Shuning uchun 1989-yil 17-avgustda I.Karimov boshchiligida respublika 
hukumatining yig‘ilishida «qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan 
ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni 
yaratib berish haqida»gi qaror qabul qilindi. Qishloqda yashovchi har bir kishiga 
o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar 
ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. Buning natijasida 1989-1990 yillarda 1,5 mln.dan 
ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi. 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari 
berildi. Paxta yetishtirish plani 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta 
yakkahokimligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki, ammo o‘ta muhim amaliy 
qadam edi. Respublikada kuchayib ketgan bu jarayonlar o‘z navbatida iqtisodiy 
tanglik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum edi. Avval milliy manfaatlari toptalgan 
xalqlarga o‘zligini anglashga yo‘l ochgan O‘zbekiston endi butun respublikada 
iqtisodiy tanglikning oldini olish chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak, ularni izga 
solish uchun chora-tadbirlarni belgilab, amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish 
ham muhim edi. 
1990-yil 1-noyabrga kelib qishloqda yashovchi 2.220.129 oiladan 1.327.149 
oila yangi tomorqa uchastkalari olish va mavjudlarni kengaytirishga muhtoj 
bo‘lgan holda ularning 394.098 nafar oilasi yangi yer uchastkalari olishdi. Ularga 
foydalanishlari uchun 55.036 gektar yer ajratib berildi. O‘z uchastkalarini 


22 
kengaytirishga muhtoj bo‘lgan 933 164 oiladan hammasining talabi qondirildi. 
Ularga qo‘shimcha ravishda 101.117 gektar yer ajratildi. Natijada, qishloq 
mehnatkashlarining davlat tomonidan olgan yerlari 156.153 gektarga etdi. Bundan 
tashqari bu qaror bajarib bo‘lingandan so‘ng yangi tashkil topgan oilalarga ham 
maydoni 11.009 gektar bo‘lgan 87.515 ta tomorqa uchastkasi ajratib berildi. 
Mazkur tashkil topgan xo‘jaliklarda yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish 
maqsadida davlat 1990-yilda 765.862 ta shartnoma tuzdi. 
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi xo‘jalikda 
yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish imkoniga 
ham ega bo‘ldi. Natijada, mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshladi. 
Bunday yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq-ovqat 
mahsulotlarini yetishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar. 1990-yil 28-iyulda 
Prezident Islom Karimovning «Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan 
ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida»ni Farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonning 
qabul qilinishi qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish, u yerda yashovchi 
fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash borasida tashlangan yana bir muhim 
qadam edi.
Shunday murakkab ijtimoiy, siyosiy vaziyatda respublikada keng munozaraga 
sabab bo‘lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish 
masalasi bo’ldi. Ma’lumki turg‘unlik yillarida o‘zbek tiliga munosabat o‘zgacha 
edi. O‘zbek tili davlat idoralarida ham, yig‘ilishlarda ham iste’molda emas edi. 80 
yillarning oxiriga kelib xalq milliy ongining o‘sishi, jamiyatning ijtimoiy 
qonuniyatlari va talabi o‘zbek tili masalasini ko‘rib chiqishni kun tartibiga 
qo’yilishiga turtki bo‘ldi. Shu tarzda hukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi 
sayi harakatlari tufayli yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-oktyabr kuni 
matbuotda e’lon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston 
SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktyabrda bolgan 11 sessiyasida «O‘zbekiston 
SSRning Davlat tili haqida» Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun xalq madaniy 
merosi, milliy qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy 
ong, ruhiyat mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi. 
Shu ma’noda milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi 
olib borilayotgan mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy 
ta’sir etdi. Davlat tili haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni 
tiklash yo‘lida respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim 
siyosiy qadam bo‘ldi va milliy mustaqillikning ma’naviy poydevoriga asos bo‘ldi. 
O‘z-o‘zidan, ushbu Qonun o‘zbek xalqining mavqeini tiklashga, uning ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi. 
2019-yil o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomining berilganiga 30 yil toʻldi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili 
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoni 
qabul qilindi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda «Oʻzbek tili bayrami 
kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta 
xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilganining o’ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida shunday 


23 
degan edi: «Bugun jonajon O‘zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish 
sari» degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil 
qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va 
nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. 
Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo’llanmoqda, xalqaro minbarlardan 
baralla yangramoqda. 
Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, 
ta’lim tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va 
adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha 
qabul qilingan o’nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat 
qilmoqda. 
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritayotgan 
yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-
radiyo kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil 
etilayotganini qayd etish lozim. 
Aliser Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universitetining 
faoliyati 
yo‘lga 
qo‘yildi. 
Bu 
yerda 
folklorshunoslik, 
dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi. 
Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar, 
risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot 
vositalari o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar 
bildirayotgani g’oyat muhim ahamiyatga ega”. 
Shuningdek, ushbu ma’ruzada O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar 
hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, bu o‘z navbatida o‘zaro iqtisodiy 
hamkorlikni kuchaytirishga, o‘zbek tilining esa xalqaro maqomining yuksalishiga 
olib kelishi haqida ham to‘xtab o‘tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va 
mavqeini tubdan oshirish tog‘risida»gi Farmonning imzolanishi va unga binoan 
«Davlat tili haqidagi» qonunning qabul qilinishi xalqimiz hayotida ulkan voqea 
bo‘ldi. 2019-yil 21-oktyabrdan e’tiboran yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni»ni 
nishonlash an’anaga kiritildi. Bu esa xalqimizning milliy ruhini va g‘ururini 
yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin