Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
1.14-

1990-yillarning 
boshidagi 
inqirozning 
kuchayish 
sabablari. 
O‘zbekistonnning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi ostida bo‘lganligi, shuningdek, shundoq ham susayib 
borayotgan xo‘jalik aloqalarining 1990-yillarning boshida Ittifoqning parchalanishi 
oqibatida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo yetishtiradigan 
holga tushib, kompleks rivojlanish yo‘liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga 
o‘tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda 
namoyon bo‘ladi (4.3-jadval).
1990-yillarning boshida O‘zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi 
chuqur nomutanosibliklar 
 
Ko‘rsatkich 
Miqdori 
Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi 
50 foiz
 
Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotining ulushi
80 foizdan 
ko‘proq
 
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida xomashyo, 
materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi 
65 foizdan 
ko‘proq
 
Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat 
mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat va 
oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi 
60 foiz
 
Sovet davrining keyingi o‘n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda 
xomashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga 
yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan xomashyo tarmoqlarini 


32 
rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada 
kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning 
ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 
foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o‘sib, 16 
foizni tashkil etgan. 
 
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator 
nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan: 
- respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun 
mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasi, yo‘l 
qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq 
va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab 
chiqarilmadi; 
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi 
respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi; 
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta 
ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham 
asosan respublikadan tashqariga chiqarishga mo‘ljallandi. 
Mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini 
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi 
yondashuvlar asos qilib olinishini belgilab berdi: 
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga 
olinmay, ma’muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning 
hammasiga barham berilishi kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining 
manfaati nuqtayi nazaridan qaramoq kerak. 
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo‘liga olib chiqish, uni inqiroz girdobidan 
chiqarish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho 
berishga mutlaqo yangicha yondashish zarur edi. 
Bunday og‘ir ahvolning vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-
buyruqbozlik usullariga zo‘r berilib, O‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi;
- respublikaga asosan xomashyo bazasi, sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari 
va idoralarining mo‘may xomashyo manbai sifatida qarab kelinishi; 
- o‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, 
ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham 
qilinmagani; 
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq 
mehnat taqsimotida O‘zbekistonning mavqei va o‘rnini o‘zgartirishning muqobil 
yo‘llari e’tiborga olinmagani. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish 
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish 
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 


33 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda 
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida 
samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab 
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z 
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-
tadbirlarining amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining 
o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini 
anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin