Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


‘ zbekiston-Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
1.14-


zbekiston-Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida
 
yosh qo

shiqchi 
Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo

shig

i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi 
o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida 
Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy O

zoqberganov qatnashib, birinchi 
o‘rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog

iston san’atkorlari mustaqillik yillarida 
erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi. 
«Qoraqalpoq diyori o‘zining dunyoda o‘xshashi yo‘q, betakror san’ati bilan 
barchamizni hayratga solib keladi. Bu zamindan etishib chiqqan Oyimxon 
Shomuratova, Jo‘ldasbek Quttimuratov, Otajon Xudoyshukurov, Zamira 
Davletmuratova kabi buyuk san’atkorlarning – Olloh ularning barchasini rahmat 
qilsin-xotirasini xalqimiz hech qachon unutmaydi». Shuningdek, Qoraqalpoq 
san’ati rivojiga o‘zlarining benazir hissalarini qo‘shib kelgan «Mashhur san’at 
arboblari-kompozitor Najmiddin Muhammedinov va artist Najmiddin Ansatboyev, 
Tamara Doshumova, Muyassar Razzoqova, Gulparshin Sirimbetova, Jalgasbay 
Sultanboyev, Mirzagul Sapayeva, Maxset Xo‘janiyazov, Gulxatiysha Ayimbetova, 
Aygul Nadirova, yorqin iste’dodli opera xonandalari Jenisbek Piyazov va Eliza 
Aytniyazovani mamlakatimiz tanimaydigan odam topilmaydi desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi”.
43
2001 yilning 14-15 iyulida Xorazm viloyatida Qoraqalpog‘iston madaniyat 
arboblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gurlan tumanida maydoni 20 ga dan 
iborat «Xalqlar do‘stligi» xiyoboni barpo etildi. Baxshi va jirovlar, «Muxalles» 
folklor ansambli, «Ayqulash» va «Amu to‘lqini» raqs ansambllari chiqishlari 
bilan birgalikda, K.Serjanov, T.Xo‘janazarov, R.Kutekeyevalarning musiqa ijodi 
namunalari 
ham 
yangradi. 
2001-yilda 
qoraqalpog‘istonlik 
olimlardan 
J.Bozorboyev, 
V.N.Yagodin, 
M.Mambetullayev, 
G.Xojaniyazovlar 
«Avesto» ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalarida faol ishtirok 
etdilar. Xorazm viloyati madaniyati va san’at vakillari 2003- yilda Nukus 
shahrining 70 yilligini nishonlashda faol qatnashdilar. O‘zbekiston xalq artisti 
G.Matyoqubova rahbarligidagi «Xorazm raqs» birlashmasi raqs guruhi «Dutor 
lazgisi»
raqsini 
ijro 
qildi. 
Adabiyot, fan 
va 
madaniyat 
vakillari-
O.Matchon, A.Sadullayev, M.Qo‘shchonov, S.Iskandarova, D.Bobojonov,
R.Qurbonov, B.Karimov, E.Madrahimov, M.Abdulhakimov, Q.Iskandarov,
G.Matyoqubova, K.Ismoilova, T.Quryozovlar o‘zbek va qoraqolpoq 
xalqlarining hurmatiga sazovor bo‘ldilar. Bunday bayramlar va uchrashuvlar 
an’anaviy bo‘lib qoldi. Xorazm va Qoraqalpog‘iston madaniyat va san’at vakillari 
do‘stona uchrashuvlar hamda birgalikdagi chiqishlar uchun imkon topardilar.
2004-yil 24-iyulda Urganch shahrida O‘zbekiston, Turkmaniston va 
Qoraqalpog‘iston xalq artisti K.Otaniyozov yubileyini nishonlashda ushbu 
respublikalar delegatsiyalari ishtirok etdilar
44
.
43
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. -Тошкент, 
Ўзбекситон, 2017. 
44
Нуруллаева Н.К. 1925-2005 йилларда Хоразм вилояти ва Қорақалпоғистоннинг маданий 
алоқалари.дисс...тарих фанлари. – Нукус, 2010. 


163 
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, 
dunyoda «Sahrodagi Luvr» deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi 
Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak 
xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpog‘iston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib etishda 
rassomlar uyushmasi, I.V. Saviskiy nomidagi san’at muzeyi, tarix-o‘lkashunoslik 
muzeyi katta ishlarni olib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchi vakillari bilan uchrashuvda:- «Nukus 
shahridagi Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi o‘zining 
bebaho tasviriy san’at asarlari bilan nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham 
katta shuhrat qozongan, bu нerda 90 mingga yaqin nodir eksponatlar jamlangan 
bo‘lib, ularning orasida o‘zbek va rus rassomlarining asarlari, qoraqalpoq xalq 
amaliy san’ati namunalari, qadimiy Xorazm davlatiga mansub yodgorliklarni 
ko‘rish mumkin» degan edilar
45
. Haqiqatan ushbu muzey qoraqalpoq xalqining 
faxriga aylangan. 
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston 
davlat san’at muzeyi-respublikadagi yirik 
muzeylardan; 
Nukus 
shahrida 
1966-yilda 
tashkil topgan, 1984-yildan N.V.Savitskiy nomi 
bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-
harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy 
san’ati asarlari negizida asos solingan. 
Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. 
Muzey xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta 
asrlar Xorazm san’ati, 1920-30-yillar o‘zbek va 
rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy 
rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming 
dona asar), fond hamda ta’mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq 
eksponat mavjud. 
Yaqinda muzeyda yangi galereyalar ishga tushirildi va endi 100 000ga yaqin 
san’at asarlari va artefaktlardan iborat muzey kolleksiyalarining katta qismi 
galereyaga tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2017-yilda galereya kolleksiyalaridan 223 ta durdona asarlar Moskva shahridagi 
Pushkin muzeyida «Nukus durdonalari» ko‘rgazmasida namoyish etildi. Ilk bor 
mazkur asarlar O‘zbekiston hududidan tashqarida 1960-yilda namoyish etilgan 
bo‘lsa-da, xalqaro hamkorlikni kengaytirish muzeyni rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi qarorida nazarda 
tutilgan tadbirlar - ya’ni muzeylarni yangilash va amaliyotga joriy etish, 
O‘zbekiston muzeylarida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga jalb etish maqsadida 
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish 
45
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз.-Тошкент, 
Ўзбекистон, 2017. 


164 
jamg‘armasi tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov tashkil etilgan va 
o‘tkazilgan edi. 
Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining 
filiali) direktori Tigran Mkrtichev Savitskiy muzeyi direktorligiga o‘tkazilgan 
ochiq tanlovda g‘olib deb topildi. 
I.V. Savitskiy nomidagi Nukus muzeyi direktori lavozimiga tanlov g‘olibi 
Tigran Mkrtichev 2021-yil 2-yanvardan o‘z vazifasiga kirishdi. 
Qoraqalpog‘istonning 
muzeylari 
va 
ko‘rgazma 
pavilyonlarining 
faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining g‘oyaviy fuqarolik 
tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi 
mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob 
beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli,
axloqiy yetik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi, 
millatlararo totuvlik g‘oyasi tobora ommalashib, jamiyat milliy iqtisodiy 
rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va 
etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda. 
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni 
Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi 
istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. 
Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga 
topshirildi. Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y 
berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, 
odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin