Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
1.14-

3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va 
jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari 
O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning 
turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari 
1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq Ittifoqning barham topishi 
munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning 
vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va 
Belorussiya davlatlari imzo chekdilar. 13-
dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo 
va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining 
kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur 
deb topildi. Natijada shu yili 21 - dekabrda 
Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini 
jami 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. 
Ular bu bitimda davlatlarning hududiy 
butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, 
ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati 
erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 
ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda 
harakat qilishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan 
ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat 
berdi. O‘zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy 
tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. «Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini 
tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko‘p tomonlama munosabatlarni 
rivojlantirish, degan edi I.A.Karimov, - tashqi siyosatimizning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biridir».
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari 
bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, 
tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro 
iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, 
bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin 


178 
egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha 
shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va 
boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun 
mustahkam asos yaratdi. 
O‘zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo 
munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga 
daxl qilmaslik nuqtayi nazaridan yondashdi. 1992-yil may oyida MDH davlat 
rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi 
shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o‘rtasidagi aloqalarni 
yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan 
imzolangan «Iqtisodiy ittifoq» haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy 
taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. 
O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, 
Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil 
aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan 
olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma 
mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini 
rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun 
oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston 
ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga 
doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi 
siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu 
tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro 
manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab 
o‘tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik 
aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar 
imzolandi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq 
E.Primakov 1998-yil Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 
2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari 
Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda, 
diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin 
tutdi. 
2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi 
uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» 
kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlarini amalga 
oshirayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama 
qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSH dollarini 
tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham 
mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. 
O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu 


179 
jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, 
Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar 
bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni yurtimiz birinchi rahbari I.A.Karimov va 
V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda 
siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha 
alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv 
ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida 
mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 
million dollar hajmda bajarishga kelishildi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 
300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya 
qo‘shma korxonalari ishlayapti.
V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan 
manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir milliarddan ortiq rus millatiga 
mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek 
tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus 
tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-
yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya 
oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv 
o‘rinlari ajratildi. 
2018-yilda jahonning yetakchi davlatlari bilan ham o‘zaro manfaatli aloqalar 
sezilarli darajada jadallashdi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning tashriflari va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan muzokaralari 
natijasida Rossiya, Belorussiya, AQSH, Xitoy, Fransiya va boshqa Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va 
Yaqin Sharq davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘tarildi. 
2018-yil 20-oktyabrda davlat tashrifi bilan Rossiya Prezidenti V.Putin 
O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uchrashuvda hamkorlikning hozirgi holati va uni 
har tomonlama rivojlantirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni 
amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, mamlakatimizning dolzarb 
mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani 
ta’kidlandi.
Tomonlar BMT, MDH, SHHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar 
doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. 
Muzokarada tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini, 
diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiyani
rivojlantirish, transport va energetika sohalarida o‘zaro hamkorlikni 
mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 
Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo‘lgan 
savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd 
etdi.
Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirgan 
investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida Prezidentimiz 
tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik 


180 
forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard 
dollarda ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.
Mamlakatimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar kengayib bormoqda. 
Joriy yilda ilk bor O‘zbekiston – Rossiya media-forumi o‘tkazildi, Rossiyaning 
yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar rahbari ishtirokida Ta’lim forumi 
bo‘lib o‘tdi. «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzuidagi mazkur forumda 
ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan mamlakatimizda Rossiyaning 
yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochish to‘g‘risida 100 dan ortiq kelishuv 
imzolandi. 
2019 - yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti
filiali ish boshladi. Mamlakatimizda Moskva davlat universiteti, Rossiya 
iqtisodiyot universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari samarali 
faoliyat olib borayapti. Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024 yillarda iqtisodiy 
hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik 
dasturi, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha 
«yo‘l xaritasi», O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari 
filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, To‘qimachilik 
sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro almashildi. 
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi bilan, balki Ukraina 
bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat 
tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining 
o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda 
o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish 
bilan aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki 
madaniy aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga 
tashrifi davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z 
navbatida davlatimiz rahbari I.A.Karimov ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. 
Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar 
ayirboshlash hajmi 300 million AQSH dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga 
rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo‘lsa, 
Ukrainadan O‘zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda 
O‘zbekistonda 20 dan ortiq o‘zbek-ukrain qo‘shma korxonalari ishlab turibdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya 
davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini 
boshladi. Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va 
o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini 
ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, 
bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini 
kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH 
tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir 
bayonotga imzo chekdilar. O‘zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o‘z 
navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi 
davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o‘zaro keng foydalanish, 
iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda 


181 
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. MDH davlatlaridan Belarus bilan hamkorlik 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Belarus Prezidenti 2018-yil 12-14 sentyabr kunlari 
O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 19 ta kejishuv va umumiy qiymati 263 
million dollarlik 56 ta savdo shartnomasi imzolandi. 
1993-yil 
Markaziy 
Osiyo 
rahbarlarining 
Almatida bo‘lib 
o‘tgan 
uchrashuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka 
a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti 
yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan 
mahsulot tashish, zarur xom - ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z 
mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya 
sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar 
iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga 
ruhan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam 
munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim 
yo‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini 
ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, 
o‘zaro iqtisodiy muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun 
juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini 
uyg‘otib kelmoqda.
1994-yil 10-yanvarda Qozog‘iston Birinchi Prezidenti N.Nazarboyevning 
O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevorni qo‘ydi. 
Unda ikkala mamlakat rahbarlari «Yagona iqtisodiy hudud» barpo etish 
to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan 
Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin 
o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, 
byudjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy 
makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo‘lida 
imzolangan hujjatlar bo‘lsa, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham 
kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining 
chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston 
Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati 
shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya 
tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi 
kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining 
davlatlararo ijroya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi.
1995-yil 15-dekabr Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo 
Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda 
Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda 
sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar. 
Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.
Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorlikning davomi Markaziy Osiyo 
respublikalari prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho‘lpon Ota shahridagi 


182 
uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov barchaning diqqat e’tiborida turgan Afg‘oniston hisoblanmish xalqaro 
terrorizm o‘chog‘ining xavfi masalasi keskinligini qayd etdi. O‘zbekiston 
Prezidenti yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga 
tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga 
chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi rahbariyati va jamoatchiligi 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tojik xalqining 
og‘ir kunlarda yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do‘sti 
sifatida qabul qildi. Prezident I.Rahmonov I.A.Karimovni tojik xalqining 
«boshidagi toji, ko‘zidagi nuri» dedi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan 
samarali foydalanish, Sarazm ko‘lining toshish xavfining oldini olishda 
Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu hamdo‘stlik davlatchiligini 
qaror toptirish prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «bozor munosabatlariga 
o‘tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning kuch-g‘ayratlari va 
sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir». 
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni 
yo‘lga qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yishdagi asosiy xavf Afg‘oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida 
saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, 
korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi 
kabi muammolarni kiritish mumkin. «Boshqacha aytganda,- deydi Prezidentimiz,-
yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar, garchi turli mintaqalarda turlicha kuch bilan 
namoyon bo‘lsa-da, insoniyatda bir xil tashvish tug‘dirmog‘i darkor».
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro 
terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 
2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda Birinchi Prezidentning Do‘rmon 
qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. I.A.Karimovning 
xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini 
qo‘llab-quvvatladilar. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy 
va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish 
haqida hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va 
O‘zbekiston respublikasi prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida 
erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini 
kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi. 
Ushbu mamlakatlarni birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol 
dengizi masalasi katta o‘rin tutadi. Shu bois bu masalani to‘laqonli hal etish 
mintaqadagi davlatlarning global muammolari qatoriga kiradi. O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov so‘zi bilan aytganda «Orol 
bo‘yining barcha ne’matlarini «yagona sovet xalqi» bilan baham ko‘rilgan» bo‘lsa, 
«uning achchiq mevasi Orol bo‘yi fojiasidan qutulish Markaziy Osiyo xalqlarining 
ishi bo‘lib qoldi».
Sobiq Ittifoq parchalanib ketgandan beri bu muammoni hal etish Markaziy 
Osiyo respublikalarining o‘zaro aloqalarida o‘z aksini topib bormoqda. Orol 
dengizi muammosi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O‘rda 
(1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu 


183 
uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni 
ko‘rish belgilab olindi. O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi har tomonlama 
hamkorliklar qatorida Orol masalasi ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Respublika 
rahbariyatining Orol bo‘yi masalasini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki 
Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2001 
yil Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Tadao Chino O‘zbekistonga tashrif buyurib, 
Orol bo‘yida yuz bergan holat bilan tanishib chiqdi. Ushbu tashrif natijasida Tadao 
Chino O‘zbekiston hukumatining Orol bo‘yidagi suv taqchilligini tugatishga 
qaratilgan sa’yi-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. U Yaponiyaning maxsus 
jamg‘armasidan beg‘araz grant ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab o‘tdi.
Keyingi yillarda Yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari 
uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan 
o‘zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni kengaytirdi. Bu o‘rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan 
aloqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Shuningdek, O‘zbekiston 1992-yil 6-fevralda 
Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo 
bo‘lib kirdi va 1992-yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston 
davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan «Trans-Osiyo» temir yo‘l aloqasini 
tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol 
ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport 
tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab 
mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy 
bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish 
va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga yo‘l ochdi.
2002-yil 28-fevral 1-mart kunlarida Almati shahrida Markaziy Osiyo 
davlatlari rahbarlarining uchrashuvida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotini 
tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov saylandi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa 
davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa 
mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. 
Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, 
iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’i nazar davlatning tashqi 
siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib 
qoldi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon 
hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga 
qaratilgandir. Umuman, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida bir necha yillarga 
arziydigan ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi 
qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan 
butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, 
uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 
Sovet davlati parchalanib ketgandan so‘ng Markaziy Osiyoga, xususan, 
O‘zbekistonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qo‘poruvchilik harakatlari 


184 
bilan tazyiq o‘tkazishga harakat qildilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab 
BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, xalqaro tashkilotlarning majlislarida 
Tojikistondagi fuqarolar urushi, Afg‘onistondagi tolibonlar va diniy 
ekstremistlarning butun jahon xalqlari uchun xavfli ekanini qayta-qayta ta’kidlab 
aytgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1997-yili 
o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida «hududiy mojarolar diniy 
ekstremistlar O‘zbekiston mustaqilligiga xavfli tahdiddir» degan edi. Haqiqatan 
ham, «Afg‘onistonda o‘rnashib ko‘p mamlakatlar tomonidan madad olib turgan 
diniy ekstremistlar 1999-yil 16-fevralda, 1999-2000-yillari davlat chegaralarini 
buzishlar, 2003-2004-yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan 
qo‘poruvchilik harakatlari I.A.Karimov fikrlarini tasdiqladi. 2001-yil 11-sentabrda 
Nyu-Yorkdagi qo‘poruvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining ko‘zini 
ochdi va O‘zbekiston rahbarining qanchalik haq ekanligini ko‘rsatdi. 2001-yili 
oxirida Islom Karimovga AQSHda xalqaro yetakchi (lider) unvonini berdi. 
Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, 
davlat chegaralari ham yo‘q. 1995-2003-yillarda faqat MDH davlatlari hududida 
4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o‘qotar qurollar, 
400 tonna portlovchi moddalar yo‘q qilindi. 
Xalqaro terroristlar va diniy ekstremistlar o‘zlarining yovuz niyatlarini 
amalga oshirish, ya’ni O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darish, Farg‘ona 
vodiysida xalifalikni o‘rnatish uchun 2005-yil 13-mayga o‘tar kechasi Andijon 
shahrida amalga oshirishga urindi. Bu kimsalarning buzg‘unchilik harakatlarini 
Andijon xalqi qo‘llamadi. Shuning uchun ham Afg‘oniston, Qirg‘iziston va boshqa 
davlatlardan moliyaviy, texnikaviy yordam olib, shundan beri tayyorlangan bir 
guruh diniy ekstremist, qo‘poruvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning shaxsiy rahbarligida Respublika qurolli kuchlari 
tomonidan bostirildi, ularning yovuz niyatlari puchga chiqdi. Dunyoning ko‘plab 
davlat rahbarlari, tinchliksevar xalqlari I.Karimov harakatini, o‘zbek xalqining 
ko‘rsatgan jasoratini qo‘llab-quvvatlashdi, chunki O‘zbekistonda dunyoviy, 
demokratik tinchliksevar tuzumning saqlab qolinishi natijasida nafaqat Markaziy 
Osiyoda, balki MDHning boshqa mamlakatlarida ham terroristik, ekstremistik 
harakatlar oldi olindi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida 
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik davlatimiz siyosatining 
ustivor yo’nalishi hisoblanadi. 2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Republikasi 
Prezedentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida «Millatlatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik 
aloqalari 
qo‘mitasi» 
tashkil 
etildi. 
Bu 
tashkilotni 
tuzishdan 
maqsad 
mamlakatimizda barcha millatlar hamjihatligini ta’minlash va bag‘rikengligini 
amalga oshirishga qaratilgan davlat siyosatini davom ettirishdir. Prezidentimiz 
tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yonalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. 


185 
Strategiyada beshinchi yo’nalish sifatida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy 
tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» belgilandi.
O‘zbekiston Prezidentligiga yangi rahbarning kelishi mamlakatning faol 
tashqi siyosat borasidagi imkoniyatlarni kengaytirdi. Xususan Markaziy Osiyodagi 
davlatlar birlashdi. Qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalarda hamkorliklar yo‘lga 
qo‘yildi. Jumladan Turkmaniston, Qirg‘iziston Tojikiston Qozog‘iston kabi 
davlatlar bilan uzoq yillar mobaynida yopilgan chegaralar ochildi. Bir biri bilan 
dini urf-odatlari, madaniyati yaqin bo‘lgan xalq bu imkoniyatdan cheksiz xursand 
bo‘ldi, ularga chegaradan bemalol o‘tashi uchun imkoniyat yaratildi. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy sheriklikni 
mustahkamlash 
iqtisodiyotning 
turli 
tarmoqlarida 
integratsiyalashuvni 
chuqurlashtirish va madaniy gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirishga alohida 
e’tibor bermoqda. 
Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik, bir-
birini qo‘llab-qo‘vvatlash va hamkorlik salnomasida yangi sahifa ochildi. 2017 yil 
martida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 
strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni
mustahkamlash to‘grisida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. 2017-yil O‘zbekiston 
va Qozog‘iston Respublikalarining ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 2 
milliard AQSH dollariga yetkazildi. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida 
260 ta korxona barpo etilishida Qozog‘iston tomonidan sarmoya kiritildi. 2017 - 
yil Kustanayda MDH mamlakati bozorlarida katta talabga ega bo‘lgan «Ravon» 
brendi ostida yengil avtomobillarni ishlab chiqarish boshlandi. Shuningdek, 2018 
yil 23-fevraldagi shartnomaga asosan Qozog‘istonning «Almor» kompaniyasi 
tomonidan «GM Uzbekistan» avtomobillarini yig‘ish ham yo‘lga qo‘yildi.
Bu ikkala hamkor davlatlarning madaniy gumanitar yo‘nalishiga ham 
alohida o‘rin qaratilgan. O‘zbekistonda qozoq milliy madaniy markazi, qozoq 
teatri, folklor va estrada ansambllari faoliyat yuritmoqda. Yozuvchilar uyushmasi 
tarkibida qozoq adabiyoti Kengashi tashkil etilgan. «Nurli yo‘l» nomli gazeta chop 
etilmoqda. O‘zbekistonning 386 ta maktabida boshqa tillar bilan qozoq tili 
o‘tiladi. 164 ta maktab qozoq tiliga ixtisoslashgan maktabdir. Nukus davlat 
universitetida boshqa respublikamizdagi OTMda «Qozoq tili va adabiyoti» 
kafedrasi faoliyat olib bormoqda.
Markaziy Osiyodagi yana bir davlat Qirg‘iziston Respublikasi hisoblanadi. 
2017- yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari rivojida tarixiy davr bo‘ldi. 
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sherikchilik 
munosabatlari mustahkamlandi. Qirg‘iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 
2017- yil 13- dekabrdagi tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari vakillari 
moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan 
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik to‘g‘risidagi dasturni 
imzoladilar. Shuningdek, jahon bozoriga chiqish imkoniyatini beradigan transport 
va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishga ham 
kelishib olindi. 2017-yil- 30-oktyabr-3 noyabr kunlari Toshkent-Andijon-O‘sh-
Irkishtom, Qashg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha birinchi xalqaro avtokarvon yo‘lga tushdi. 


186 
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida suv–energetika sohasida ham hamkorlikni 
rivojlantirishga e’tibor berildi. Qo‘shma suv xo‘jaligi komissiyasini tuzishga 
kirishildi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning 
«Damaker» ordeni bilan mukofotlandi. Gumanitar hamkorlik doirasida 
qilinayotgan ishlar muhokama qilindi. Qirg‘iziston teatr nomoyondalari Farg‘ona 
vodiysida o‘zbekistonlik san’at ustalari O‘sh, O‘zgan Aravon, Novqat, Qorasuv, 
Jalolobod shaharlarida ijodiy safarlarda bo‘ldilar. Qirg‘izistonda O‘zbekiston 
madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi. 2018-yilda xalqlarimiz atoqli qirg‘iz adibi Chingiz 
Aytmatovning yubileyini keng nishonladi. Keyingi paytda mamlakatlarimiz 
o‘rtasidagi tovar ayirboshlash jadal rivojlandi. 2017-yilning yanvar-noyabr 
oylarida o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari 56% dan ziyodga o‘sib, 235 mln.dollarga 
yetdi. 
So‘nggi paytlarda ikki mamlakat muzey muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik 
sezilarli darajada faollashdi. Jumladan, 2021-yil 2-mart kuni qadimiy Xiva 
shahridagi «Ichanqal’a» ochiq osmon ostidagi muzey-qo‘riqxonasida O‘sh 
shahridagi «Sulaymon-too» muzey majmuasining ko‘rgazmasi ochildi va 
Hamkorlik memorandumi imzolandi. Pandemiya sharoitida ham bu ikki mamlakat 
o‘rtasida yuqori darajadagi hamkorlik davom etdi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan birodar O‘zbekiston 
tomonidan Qirg‘izistonning COVID-19 ga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini 
qo‘llab quvvatlash uchun Bishkek shahri va Btaken viloyatining Qadamjoy 
tumanida modulli shifoxonalar qurildi. 
O‘zbekiston bilan Tojikiston sherikchilik munosabatlarini izchil 
rivojlantirish va mustahkamlash borasida yangi qadamni qo‘ydilar. O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida 2000 yilda imzolangan 
Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomada ikki tomonlama munosabatlar tamal 
toshi qo‘yilgan edi. 
Yurtimizda tojik millatiga mansub 1,5 mln. fuqaro istiqomat qiladi. 
Mamlakatimizning 10 hududida tojik-milliy madaniy markazlari faoliyat olib 
bormoqda. 245 umumta’lim maktabida ta’lim tojik tilida olib boriladi. Tojik tilida 
chop etiladigan 4 ta davriy bosma nashr mavjud, o‘nlab teleko‘rsatuv va 
radioeshittirishlar efirga uzatilmoqda. O‘zbekistonning Samarqand, Termiz, 
Farg‘ona davlat universitetlarida boshqa tillar bilan birgalikda tojik tilida ham 
mashg‘ulotlar olib boriladi. So‘nggi vaqtlarda o‘zaro aloqalarning yo‘lga 
qo‘yilishi natijasida ulkan o‘zgarishlar kuzatildi. Bunga misol o‘tgan yil 
mamlakatimiz poytaxtlari o‘rtasidagi ahdlashuvlar, temir yo‘l qatnovi tiklandi. 
Samarqand-Panjikent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li ochildi. 2018 yili 
1 mart kuni O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi orqali 9 ta o‘tish punkti tantanali 
ravishda ochildi. Bu esa ikki yurt ahliga hech qiyinchiliklarsiz Jartepa-Sarazm, 
Qo‘shkent-O‘ratepa, Uchqo‘rg‘on-Havotog‘, Havastobod-Zafarobod, Bekobod-
Hashtyak, Pop-Navbunyod, Rovot-Ravat, Gulbohor - Ayvaj avtomobil o‘tkazish 
punktlari va Amuzang Xoshadi temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali o‘zaro bordi-
keldi qilish imkoniyatini beradi.


187 
2018-yil 7- mart kuni Samarqand shahri Alisher Navoiy nomidagi markaziy 
istirohat bog‘ida o‘zbek va tojik xalqlarining buyuk mutafakkirlari Alisher Navoiy 
va Abdurahmon Jomiyga haykal o‘rnatildi. Bu do‘stlik munosabatiga javoban 
Dushanbe shahrida ham bu ikkala mutafakkirga haykal o‘rnatilganligi xalqlarimiz 
o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9-10 mart kunlari 
Tojikistonga davlat tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi. Bu davlat tashrifi O‘zbekiston-
Tojikiston nafaqat hamkorligini rivojlantirish, balki butun Markaziy Osiyo 
mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Davlat 
rahbarlarining uchrashuvida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali 
hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari diqqat 
markazida bo‘ldi. Davlat rahbarlari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy 
jinoyatlar xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa xavf-xatarlarga birgalikda 
kurashish masalalarini ham o‘zaro o‘rtoqlashishdi.
Mamlakatimiz hududlaridan Surxondaryo viloyati bilan Tojikistonning 
Xatlon viloyati va Samarqand viloyati bilan So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo – 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy gumanitar hamkorlik qilishlarida keng 
imkoniyatlar yaratib berildi. 
O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida kechayotgan o‘zgarishlar 
barchada 
katta 
qiziqish 
uyg’otdi. 
O‘zbekiston-Tojikiston 
davlatlari 
munosabatlarida yangi burilish, «o‘zbek diplomatiyasi» ning yana bir yutug‘i, 
muvafaqqiyati deb baholandi. Emomali Rahmonning «So‘nggi 17 yilda ilk bor» 
deb nomlangan maqolasida O‘zbekiston 
– Tojikiston munosabatlari tarixida katta 
o‘zgarishlar bo‘lganligini ta’kidlaydi.
2017-yil aprel oyidan ikki mamlakat 
poytaxtlari o‘rtasida havo qatnovi 
tiklandi, 2018-yil martidan Janubiy 
viloyatlarni bog‘laydigan temir yo‘l 
ishga tushdi. Mart oyi oxiridan esa ikki 
davlat fuqarolari uchun 30 kungacha 
vizasiz sayohat qilish imkoni yaratildi. 
Ikki davlat O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari doirasida o‘zaro 
aloqalarni kengaytirish savdo bitimlari va shartnomalarni tuzishga asos bo‘lgan 
hamkorlikka yangi sur’at baxsh etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik natijasida 2017 
yil o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 240 mln. dollarni tashkil etdi. Bu oxirgi 20 
yildagi eng yuqori ko‘rsatkich deb baholandi. Bunda transport vositalari va 
xizmatlari to‘qimachilik va plastmassa mahsulotlari? maishiy texnika vositalari 
asosiy o‘rinni egalladi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududida Tojikiston kapitali 
ishtirokida 39 ta korxona, Tojikiston hududida esa o‘zbekistonlik sarmoyadorlar 
ishtirokida 8 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi 
doirasida o‘zaro hamkorlikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport –kommunikatsiya, 
energetika va boshqa yetakchi sohalarda rivojlantirishga doir 27 ta hujjat 
imzolandi.


188 
2018-yil 17-avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali 
Rahmonning O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi xalqlarimiz hayotida juda katta 
quvonchli voqea bo‘ldi. Tojikiston davlat rahbarining ochiq o‘zaro ishonch va 
do‘stona munosabati ikkala davlat O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini 
rivojlantirish Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqaror taraqqiyotni 
ta’minlashda xizmat qiladigan qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston 
Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik 
to‘g‘risidagi shartnomani imzolanishi xalqlarimiz hayotida o‘zaro ishonch va 
do‘stona munosabatlarimizning yangi davri boshlanganligidan dalolat beradi.
Ishbilarmon doiralar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida ikki mamlakat 
savdo-sanoat palatalari o‘rtasida «Tojikiston - O‘zbekiston ishbilarmonlari
Kengashi» tuzildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 
hajmini 500 mln. dollarga yetkazish masalasi Kengash yig‘ilishida ko‘rib o‘tildi. 
Dushanbe shahrida tashkil qilingan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ko‘rgazmasi 
va O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma biznes forumiga yuqori baho berildi. Dushanbe 
va Toshkentda qo‘shma biznes forumlar o‘tkazish an’anaga aylandi. Tojikiston 
Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tashrifi chog‘ida poytaxtimizda 
o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumda qiymati 103 mln. dollarlik eksport 
shartnomalari imzolandi.
Mamlakatlarimiz BMT, SHHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham 
samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qo‘shni Afg‘oniston davlatida tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlashda tomonlar qarashlari, samarali hamkorliklari 
mushtarakligi sezilmoqda.
Energetika sohasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 - yil 
aprel oyidan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. O‘z navbatida 
Tojikistondan elektr energiyasi sotib olish hajmi ko‘payib bormoqda. Ikki davlat 
o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ijobiy tarzda rivojlantirilmoqda. So‘nggi bir yil 
ichida bu ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida 9 marotaba biznes forum va 
ko‘rgazmalar ko‘rinishidagi delegatsiya tashriflari yo‘lga qo‘yildi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish butun dunyoning asosiy muammolaridan 
biridir. Markaziy Osiyo davlatlarida ham bu yo‘nalishga jiddiy e’tibor berishadi. 
Ikki davlat rahbarlarining ochiq muloqotlari natijasida Zarafshon daryosining 
Tojikiston hududidagi qismida O‘zbekiston va Tojikiston kompaniyalari 
ishtirokida 320 Megavattlik ikkita GES qurishga kelishib olindi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, antimonopol siyosat va 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, geologiya sohasida qo‘shma ilmiy 
tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-texnikaviy qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik, 
oziq-ovqat xavfsizligi, ta’lim, yoshlar, madaniyat va san’at masalalariga doir qator 
hujjatlar imzolandi. Ikkala davlat prezidentlari uchrashuvi ochiqlik, o‘zaro ishonch 
va do‘stona ruhda o‘tgani, imzolangan hujjatlar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi 
qo‘shnichilik, yagona din, urf-odat va an’analarga ega bo‘lgan O‘zbekiston va 
Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlab, ular 
manfaatlariga xizmat qilishiga aminmiz. 


189 
Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi tashrifi 
doirasida bu ikkala davlat Fanlar Akademiyalari, oliy ta’lim muassasalari, ijodiy va 
jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada faollashtirish, 
mamlakatimiz madaniy gumanitar hamkorligi istiqbollarini kuchaytirish 
masalalariga ham keng e’tibor berildi. 
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning davlat tashrifiga 
bag‘ishlangan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazilgan tadbirda – 
O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shohi, bir daryoning ikki irmog‘iga 
o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu-
tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu-an’analarini davom 
ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak,-
dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni 
xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan 
ulkan hissasi uchun «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi. 
Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi (23–24 aprel) chog‘ida 2017 -
yilda imzolangan Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi 
shartnomani amalga oshirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi 
hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga yuk tashish hajmini 
ko‘paytirish uchun ikki mamlakatning tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanishga 
kelishib olindi. Umuman olganda, bugungi kunda Markaziy Osiyoda suv 
resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya 
qilish, chegara punktlaridan o‘tish va chegara oldi hududlarda savdoni 
rivojlantirish kabi juda murakkab masalalarga yechim topish uchun mutlaqo yangi, 
konstruktiv siyosiy muhit va qulay sharoitlar yaratildi, deyiladi xabarda. 
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan davlat chegarasida 
64 ta o‘tish punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Chegara bilan bog‘liq muammolarning 
hal qilinishi natijasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-
iqtisodiy aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Ular bilan savdo aylanmasining 
o‘sishi 9 oy davomida o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, deya xabar 
beradi TIV. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 
O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati natijasida: 
-Markaziy Osiyo bilan muloqotimiz jadallashdi, munosabatlarimiz sifat 
nuqtayi nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi,yangi siyosiy muhit yaratildi; 
-o‘zaro ishonch va hurmat sezilarli kuchaydi; 
-iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi; 
-mamlakatlar hamkorligi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etildi; 
-mintaqa sokinlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga 
aylandi 
O‘zbekistonning jahondagi ko‘zga ko‘ringan davlatlardan Xitoy Xalq 
Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli 
hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq 
Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib 1991-yil 27-
dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o‘rnatdi. 1992-yilda 


190 
ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgandan keyin iqtisodiyot, 
savdo, fan va texnika, madaniyat va san’at sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik 
jadal rivojlanishi uchun ko‘pdan ko‘p imkoniyatlar vujudga keldi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining XXR ga qilgan bir necha bor davlat tashriflari 
xususan, 1992-yilning may oyida, 1994-yilning oktabrdagi, 1999-yilning noyabr 
oyidagi maxsus tashriflari, XXR Davlat Kengashi raisi Li Peninng 1994-yil 
apreldagi, XXR hukumati raisining muovini Xu Szin Taoning 1995-il oktabrdagi 
XXR raisi Szyan Sze Minning 1996-yil iyunidagi Toshkentga qilgan maxsus 
tashriflari natijasida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi 
hamkorliklar Kengashdan Xitoy investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, shu 
jumladan qo ‘shimcha korxonalar ko‘payib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasida tashrif, 
oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Xususan, 1977-yili O‘zbekiston 
Jahon tillari Universitetida 1977 yili Xitoy tili bo‘limi ochilgan edi. 2004-yili ikki 
davlat Toshkentda institut ochishga kelishgan edi. Bu 2005-yili Konfutsiy nomida 
Xitoy Instituti ochildi. Yurtimiz birinchi rahbari I.A.Karimov XXRga 2005-
yilning iyun oyidagi tashrifi ikki davlat o‘rtasida munosabatlarning yangi, yuqori 
bosqichini ochdi. I.Karimov va XXR raisi Xu Szin Tao o‘rtasida O‘zbekiston va 
Xitoy Xalq Respublikasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. 
O‘zbekistonda energetika-yoqilg‘i sanoatini rivojlantirish, xalqaro terrorizm va 
diniy ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida tuzilgan bitimlar alohida ahamiyat 
kasb etadi. I.A.Karimov aytib o‘tganidek, «O‘zbekistonning milliy manfaatlariga 
mos keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish-
davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf 
etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir». 
O‘zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan 
uchrashuvi davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro 
manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal 
etildi. Ayni paytda AQSH O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlashdagi yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan 
terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning 
AQSHga tashrifi chog‘ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng
huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. 
O‘zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQSHga qilgan yetti kunlik 
tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mazkur tashrif 
davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, 
hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va 
xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi.
O‘zbekistonning 
AQSH 
bilan 
munosabatlari 
yildan 
yilga 
mustahkamlanmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizga Vashingtondan bir qancha 
davlat va jamoat rahbarlari, harbiy mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 
nafar kongressmen kelib ketdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil 11-14 
mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi. Tashrif 
kunlari Yurtboshimiz AQSH Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari 
bilan uchrashdi.


191 
Jorj Bush O‘zbekiston qat’iyat bilan aksilterror koalitsiyasini qo‘llab-
quvvatlaganini AQSH hukumati va xalqi unutmasligini, bu minnatdorlik va 
ehtirom kelgusida juda ko‘p bor namoyon bo‘lishini ta’kidladi. U Islom Karimovni 
bundan buyon AQSH strategik sherik sifatida doim O‘zbekiston bilan birdam 
bo‘lishiga ishontirdi. 
Vashingtonda AQSH hukumati 2002-yilga O‘zbekistonga yordam tariqasida 
160 mln. dollar ajratishini ma’lum qildi. O‘zbekiston qurolli kuchlari islohotga 
ko‘maklashish uchun 43 mln. dollar ajratilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va AQSHdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz 
munosabatlari yangi bosqichga ko’tarildi. 2018-yilda O’zbekiston va Amerika 
Qo’shma Shtatlari strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi nomli Qo‘shma 
bayonot qabul qilindi. Bu oliymaqom hujjat ikki davlat rahbari yakdil va qat’iy 
irodasining ifodasi bo‘ldi. Bugun xalqaro munosabatlarning mutlaqo yangi tenglik 
o‘zaro hurmatga asoslangan formati amalda. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning 
taklifiga binoan 2018 yil 15- 17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSH davlatida
bo‘lishi buning yaqqol misolidir. Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz 
rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston 
rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda 
Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat 
berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi 
tamoyillarga amal qiladi:
-Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
-O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni 
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va 
muassasalar tuzish; 
-Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga 
ko‘maklashadigan, xorijiy sarmoyalarga nisbatan «ochiq eshiklar» siyosatini 
o‘tkazish;
-Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab 
chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishga qaratish; 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni 
erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta 
bo‘ldi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari 
to‘g‘risida»gi va «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish 
to‘g‘risida»gi, «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar 
shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli 
sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy 
faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-
sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan 
bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston 
iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan 
investitsiyalar boj to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat 
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida 


192 
foydadan soliq to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni 
kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham 
soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish 
uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi.
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam 
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar 
tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida «O‘zbekinvest» Milliy eksport-import 
sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar natijasida 
O‘zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar-Germaniya, XXR, Turkiya, 
Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli 
aloqalar o‘rnatdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonga 12 
milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. 
O‘zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd 
qilingan qo‘shma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga yetdi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o‘z mavqeiga ega bo‘lib borishi 
quvonarli holdir. AQSH O‘zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini 
o‘zlashtirish uchun katta sarmoya mablag‘larni ajratishni o‘z zimmasiga oldi, 
natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O‘zbekistonda 
Amerikaning «Nyumont-Mayning» kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib 
oladigan «Zarafshon-Nyumont» qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi.
Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda «SamKuchavto», 
«UzDEUavto», Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash 
zavodi va boshqalar qurildi.
Janubiy 
Koreya 
sarmoyadorlari 
bilan 
«O‘zDEUavto», 
«O‘zDEU 
Elektroniks» hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston 
jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va 
yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon 
tarmoqlari yangilandi.
O‘zbekistonda yana bir davlat rahbari Misr Arab Respublikasi prezedenti 
Abdylfattoh Said Husain Halil as-Sisi 2018- yil 4-5 sentyabr kunlari rasmiy tashrif 
bilan boldi. Davlatlarimiz ortasida yoshlar sport, investitsiya, qishloq xo‘jaligi 
sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumlari ta’lim turizm 
arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish va rivojlantirishga doir bitimlar, 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan 
hamkorlik dasturi va adliya vazirliklari ortasida hamkorlik memorandumi singari 
12 ta hujjat imzolandi. 
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga amalga 
oshirgan davlat tashrifi doirasida (2018-yil 29 aprel – 1 may) oliy darajadagi 
O‘zbek–Turk strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. Tomonlar yaqin yillarda 
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq 
tadbirlar yuzasidan kelishib olishdi. Prezidentimizning AQSHga rasmiy tashrifi 
(2018-yil 15–16 may) O‘zbekiston-Amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga 
kuchli turtki berdi. Tarixiy tashrif davomida savdo, fan, qishloq xo‘jaligi, 


193 
energetika va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
qator 
hujjatlar 
imzolandi. 
Ikki 
mamlakat 
kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalarni 
imzolashdi. Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifi davomida (2018 yil 30 
sentyabr – 1 oktyabr) 20 dan ziyod hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 
200 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezidentimizning Fransiyaga 
rasmiy 
tashrifi 
(2018-yil 
8–9 
oktyabr) O‘zbekiston rahbari Shavkat 
Mirziyoyevning Yevropa Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi. Tashrif 
yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard yevroga 
teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman 
olganda, 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va xalqaro tuzilmalar 
rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama 
shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi, shuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va 
xalqaro tashkilotlar rahbarlari darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalqlarimizni madaniy va ma’naviy yaqinlik, 
o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish, tinch-totuv yashashga intilish, ko‘p asrlik 
do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan bebaho tajriba bog‘lab turadi. Bu 
ikkala davlat rahbarlari tomonidan qilinayotgan harakatlar xalqlarimiz va butun 
mintaqaning manfaatlariga xizmat qilishi shak-shubhasizdir. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin