Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149
1.14-

 
 
2.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar 
Bugungi kunda mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga 
tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez 
rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, 
amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos 
tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan g‘oyat 
ahamiyatlidir.
Toshkent shahrida 2016- yil 14- 
dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali 
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis 
qonunchilik 
palatasi 
va 
Senatining 
qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Tantanali 
marosimda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev nutq 
so‘zladi. Davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta 
istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng 
muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha 
to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga 
Prezidentimizning saylovoldi dasturida 
alohida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida 
ular yanada boyitildi. 
«Bizning vazifamiz -to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan 
holda, - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish marosimiga bag‘ishlangan nutqida, - o‘zimizning 
taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu 
borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat 
bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni 


207 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin 
kunlarda yakunlanadi»
48

Haqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida «Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan 
mazkur keng ko‘lamli dasturiy hujjat har tomonlama puxta ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017- yil 7- fevralda 
imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil 
va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar 
strategiyasining ahamiyati alohida ta’kidlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash 
davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borilgani, 
ular turli axborot maydonlariga joylashtirilgani, buning natijasida ko‘plab taklif va 
mulohazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi» 
portalida yo‘lga qo‘yilgan muhokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-
mulohoza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat 
dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqilgani qayd etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017- yil 
7- fevralda «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi
49

2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el 
ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta 
qiziqish va e’tibor bilan o‘rganilmoqda. Bu 
borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va 
kuzatuvchilar, 
turli 
darajadagi 
ko‘zga 
ko‘ringan rahbarlar o‘z fikr-mulohazalarini 
bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har 
bir 
ustuvor 
yo‘nalishi 
mamlakatimiz 
taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin