Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


 Harakatlar strategiyasining hayotga joriy etilishi. Milliy tiklanishdan –



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149
1.14-

 
3. Harakatlar strategiyasining hayotga joriy etilishi. Milliy tiklanishdan – 
milliy yuksalish sari 
 
Bugun O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar 
natijasida mamlakatni jahon tanimoqda va tan olmoqda. Bu borada Prezident 
Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi va hayotbaxsh g‘oyalari asosida ishlab 
chiqilgan «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» davlat va jamiyatni 
rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berganini alohida e’tirof etish 
lozim. 
O‘zbekistonning bosh strategik rivojlantirish hujjati hamda shu asosda qabul 
qilinayotgan Davlat dasturlarini amalga oshirishning uchinchi yili ham 
nihoyalandi. Prezidentimiz bugun parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida 
alohida qayd etganidek, shu uch yilda dastlabki, lekin o‘ta muhim va salmoqli 
naitjalarni qo‘lga kiritdik. Xususan, o‘tgan 2019-yil ham munosib yutuqlar va 
yuksak marralar yili bo‘ldi. 
Quvonarlisi, O‘zbekistonning nomi xalqaro maydonda tez-tez yuqori darajada 
e’tirof etilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning «The Economist» haftalik jurnali 
o‘tgan yili yurtimizni «Yil davlati» sifatida e’tirof etdi. Amerikaning «Harper's 
Bazaar» nashri esa, 2020-yilda albatta sayohat qilish lozim bo‘lgan 20 ta eng 
yaxshi yo‘nalish ro‘yxatida O‘zbekistonni birinchi o‘ringa loyiq, CNN Travel sayti 
2020- yilda sayohat uchun eng yaxshi joy, deb topdi. 
Darhaqiqat, mamlakatimiz bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan jadal 
taraqqiy etayotgan, iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlariga erishayotgan, eng 
asosiysi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti tubdan yaxshilanayotgan, hayot 
darajasi izchil yuksalayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda. 
Shu ma’noda, o‘tgan 2019-yil yakunlariga nazar tashlasak, Harakatlar 
strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga 
oid Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish 
va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy 
Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin