Nazorat savollari 1. Qiyoslash ishlari qanday ketma-ketlikda olib boriladi?
2. Qiyoslashga tayyorgarlik qanday olib boriladi?
3. Qiyoslashning salbiy natijalari qanday rasmiylashtiriladi?
4. Qiyoslashning ijobiy natijalari qanday baholanadi?
7-amaliy mashg‘ulot Qiyoslash laboratoriya xonalariga qo‘yiladigan talablar. Qiyoslovchi hodimlarga qo’yiladigan talablar. Reja. 1. Qiyoslash laboratoriya xonalariga qo‘yiladigan talablar.
2. 17025 standart
Qiyoslash laboratoriyalari alohida binolarda yoki umumiy binolarning ajratilgan xonalarida joylashtirilishi va transport yo‘llaridan uzoqlashtirish lozim. Shu maqsadda qiyoslash laboratoriyalari xonalarini birinchi qavatda joylashtirish maqbuldir.
Ishlab chiqarish binolari yuzasining hisobi sanitariya me’yorlariga muvofiq ravishda bir ishchiga 10-12 m2 hisobidan amalga oshiriladi. Bitta xodim bir vaqtda 2-3 qurilmaga xizmat ko‘rsatadigan hollarda yuzani bitta qurilmaga 4,5-6 m2 hisobidan aniqlanadi. Xonalarning balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Laboratoriya xonalari yorug‘ bo‘lishi lozim, biroq quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shu sababli xonalarning derazalari shimol tomonda bo‘ladigan qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Sun’iy yoritish sochilgan bo‘lishi lozim. Yoritilganlik ish o‘rni sathida cho‘g‘lanma lampalarda 150 lk dan, lyuminessentli lampalarda esa 300 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Optik sanoq qurilmalari bilan ishlashda qorong‘ulashtiruvchi qurilmalar qo‘llanishi ko‘zda tutilishi lozim. Xonalarning devorlarini yorqin tusli moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Devorlarning qolgan qismini va shiftni oq bo‘yoqqa bo‘yaladi.
Laboratoriyada temperatura rejimiga alohida talablar qo‘yiladi. Barcha o‘lchash vositalari me’yoriy temperaturada, odatda, 20°S da qiyoslanishi lozim. Havoning nisbiy namligi 50-80%, chegaralarda bo‘lishi lozim.
Temperaturani, namlikni, havoning tozaligini ushlab turishning eng samarali usuli kondisionerlardan foydalanishdir.
Elektr - radioo‘lchash asboblarini qiyoslashdagi o‘ziga xos talab - magnit va elektr maydonlar titrashining bo‘lmasligidan iborat. Shu maqsadda laboratoriyada barcha asboblarning yerga yaxshi ulanishi ko‘zda tutilishi lozim. Kuchli elektromagnit maydonlar mavjud bo‘lganida binolarni ekranlashtirishni qo‘llash lozim. Oson elektrlanadigan sintetik to‘shamalarni ishlatmagan maqbuldir. Bunday qoplamalar qo‘llanilgan takdirda statik zaryadlarni chiqarib olish (bartaraf etish) uchun qurilmalar ko‘zda tutilishi lozim. Xonalardagi elektr o‘tkazish simlari ichki bo‘lishi kerak. Ish o‘rinlariga 6, 12, 127, 220 V li kuchlanishlar keltirilgan bo‘lishi kerak.
Xonalarni tanlash va jihozlarni o‘rnatishda havfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi lozim, o‘tishlar kengligi 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi; stasionar qurilmalar atrofidagi bo‘shliq 1 m dan kam bo‘lmasligi; qurilmalardan va asboblar o‘rnatilgan stollardan devorlar, deraza va isitish tizimlarigacha bo‘lgan masofa 0,2 m dan kam bo‘lmasligi; ish stollari orasidagi masofa bir ish o‘rinli stolda 0,8 m dan kam bo‘lmasligi, ikki ish o‘rinli stolda 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘lchash – vositalarini qiyoslashga ajratiladigan vaqt me’yorini ilmiy asosda tanlash katta ahamiyatga ega va ajratiladigan o‘rtacha vaqtni hisoblash metodikasi MI 185-79 da berilgan.
Vaqt me’yorlarini ishlab chiqilayotganda, o‘lchash vositalarini qiyoslash turli metodlar bilan, turli qiyoslash vositalarini qo‘llash bilan o‘tkazilishi mumkinligi hisobga olinishi lozim. Qiyoslash davomiyligi qiyoslash turiga bog‘liq. Bu holda bitta o‘lchash vositasining o‘ziga bir necha vaqt me’yorlari o‘rnatilishi mumkin. Davlat metrologiya xizmatlari organlari uchun qiyoslash ishlariga belgilanadigan vaqt me’yorlarini aniqlash metodikasi MI 2322-99 O‘DT «Metodik ko‘rsatmalar. Metrologik ishlar davomiyligini me’yorlash»da normativ hujjatda bayon qilingan.
Qiyoslash ishiga vaqt me’yori uning me’yoriy sharoitlardagi davomiyligini (bunga mazkur qiyoslashni tayyorlashga ketadigan vaqt sarfi ham kiradi) va, shuningdek, uning natijalarini ishlab chiqish va taxt qilishni o‘z ichiga oladi, biroq ushbu natijalarni keyin umumlashtirish, o‘lchash vositalarini qiyoslovchilarning ish o‘rinlariga olib kelish yoki qiyoslovchilarning qiyoslash o‘tkaziladigan joylarga borish davrlarini hisobga olmaydi.