Nazorat savollari 1. Qiyoslash laboratoriya xonalariga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Qiyoslash ishlari qanday ketma-ketlikda olib boriladi?
3. Qiyoslashning ijobiy natijalari qanday baholanadi?
8-amaliy mashg‘ulot O‘lchash vositasini qiyoslash laboratoriyasida qo‘yiladigan akkreditatlash talablari va qiyoslash laboratoriyasini akkreditatlash tartibi Reja. 1. Metrologik xizmatlarga qo‘yiladigan talablar.
2. Qiyoslash laboratoriyalarini akkreditatlash tartibi.
1. Metrologik xizmatlarga qo‘yiladigan talablar. Yuridik shaxslarni metrologik xizmatlari O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq akkreditatlanadi. Akkreditatlash ishlari O‘zstandart agentligining akkreditasiya ishlari tomonidan olib boriladi. Akkreditasiya attestati 5 yil muddatga beriladi. Akkreditasiya laboratoriya va boshqa yuridik shaxslarga akkreditatlash diorasini belgilaydi.
Metrologik xizmat (qiyoslash laboratoriyasi) strukturaga sifatni ta’minlash tizimiga, ishchi hodimlarga, kerakli ishchi etalonlarga, xonalarga va qiyoslashni ta’minlab beruvchi sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.
Sifatni ta’minlash tizimi qiyoslash laboratoriyasi tomonidan bajarilgan ishlarni hajmiga mos bo‘lishi kerak.
Qiyoslash sifati ishlariga metrologik xizmatni rahbar bosh metrolog javob beradi. Laboratoriyani sifat bo‘yicha yo‘riqnomasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Laboratoriyani strukturasi
Sifat bo‘yicha siyosati.
Faoliyat ko‘rsatish ob’ektini tasnifi.
Ichki tekshirishlarni olib borish proseduralari.
Laboratoriyani etalonlar bilan va boshqa na’munaviy qiyoslash asboblari bilan ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar.
10. Qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar
Qiyoslash laboratoriyasi akkreditasiya doirasi bilan belgilangan etalonlar va na’munaviy qiyoslash vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Qiyoslovchilar uchun texnikaviy xizmat grafiklari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
Har bir etalon korxonaning metrologiya xizmatida qayd qilinishi kerak. Qayd qiluvchi hujjatga quyidagi ma’lumotlar kiradi.
Etalon nomi
Ishlab chiqaruvchi korxona markasi yoki turi zavod nomeri