Islom moliyasida va kapitalizmda kreditga bo‘lgan qarashlar Abdulaziz Aliyevich Salaydinov



Yüklə 31,42 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü31,42 Kb.
#145798
1   2   3   4
kredit maqola

Tadqiqot natijalari
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank taqdim etgan tijorat banklari muammoli kreditlari (NPL) 2022 yil 1 noyabr xolatiga ma’lumotiga nazar tashlaymiz.
Oktyabrda kreditlash faolligi yanada ortgan. Oy davomidaa kredit qoʻyilmalari 3,3%ga oʻsib, 375,3 trln.soʻmga yetgan. Eʼtiborlisi, kredit faolligining deyarli 90%ini oʻsha eski zamonlarda boʻlgani kabi risk chegarasi yoʻq davlat banklari taʼminlamoqda. Yaʼni faollik bozor konyunkturasi bilan emas, direktiv, byurokratik va maʼmuriy kanallar orqali shakllanmoqda.
Mahsulotlar qirqimida qaraganda chakana kredit bozorining oʻsishi toʻxtab qolgani yoʻq, lekin tarkib oʻzgarmoqda. Oktyabrda isteʼmol kreditlari oʻsishi (asosan avtokreditlar) hatto ipoteka kreditlari oʻsishini ham ortda qoldirgan. Ayni vaqtda taʼlim kreditlari qoldigʻi 619 mlrd.soʻmga oshgan va 1,5 trln.soʻmga yetgan. Yomon signal shuki, mundarijasi yolgʻon, pora, oʻgʻirlik va koʻzboʻyamachilikdan iborat oilaviy tadbirkorlikka berilayotgan kreditlar ajratish deyarli 2 barobar yuqori tezlik olgan (+498 mlrd.soʻm). Oʻzbekiston bu kasallikdan endi boshqa qutulmaydi.
Rasmiy koʻrsatkichlarga koʻra oy davomida NPL 968 mlrd. soʻmga yoki jami portfelga nisbatan 4,30%gacha (-0,41%) kamaygani qayd etilayogan boʻlsada, bu hatto Turkistonbank va Xaytekbank maʼlumotlarini chegirib tashlaganda ham aldamchi koʻrsatkich. Chunki avvalo NPL nisobini faol kreditlash yuvib yuborayotgan boʻlsa, davlat banklarida muammoli kreditlarni koʻrsatish shaffofligi ustidan nazorat yana susayib ketgan. Juda koʻp negativ tendensiyalar qatori kredit qoʻyilmalarining sogʻlomligi uchun real harakatlar oʻrnini manipulyatsiyalar egallay boshlagan.[10]
Joriy yilda Markaziy bank chiqargan NPL muommolarini sizlarga keltirmoqchiman. Bu NPL 2023 yil 1 fevral xolatiga keltirilgn.
Sovuq yanvar omonatchilar va depozitorlar kayfiyatiga ham salbiy taʼsir oʻtkazgan. Yanvar oyi davomida jami depozitlar qoldigʻi 2,5 trln.soʻmga kamaygan va 1-fevral holatiga 214.1 trln.soʻmni tashkil etgan. Bunda aholi omonatlar qoldigʻi qaryib 1 trln.soʻmga, 62,1 trln.soʻmgacha qisqargan. Eʼtiborlisi, depozit va omonatlarning qisqarishi davlat banklarini ham, xususiy banklarni ham qamrab olgan. 32ta bankdan faqat 10ta bankda depozitlarning oʻsishiga erishilgan. Depozitlarning eng katta qisqarishi Asakabank (-717 mlrd.soʻm), Ipotekabank (-611 mlrd.soʻm) va Milliy bankda (-532 mlrd.soʻm) kuzatilgan. Aytish kerakki, yanvar oyida depozitlar foiz stavkalarida pasayishlar boʻlmagan, dollarlashuv yoki milliy valyuta kursining pasayishi jarayoni kuzatilmagan. Omonatchilar va depozitorlarning jamgʻarish kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan omillardan biri aynan anomal sovuq boʻlgan boʻlishi mumkin.[11]

Yüklə 31,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin