Islom moliyasining evalutsiyasi Abdulazizov Abdurashid



Yüklə 0,71 Mb.
tarix10.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#128151
Islom Moliyasining Evalutsiyasi (Abdulazizov Abdurashid)

Islom moliyasining evalutsiyasi

Abdulazizov Abdurashid

02

Umumiy tushuncha

“ Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta‘lim tarbiyaning tarixiy ildizlari islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan o’lmas asarlar bizga bebaho manba bo’lib xizmat qiladi.”

Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g’oyalarning bayon etilishi

Muqaddas kitob Qur‘oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o’rin tutadi. Chunki, iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe‘l atvorlari namoyon bo’ladi. Qur‘oni Karim insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi aytiladi.

Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20%ga o‘sib bormoqda1 . Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi.

Islom moliyasi tarixiga nazar

Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Islom dini Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa muddatlarda Makka hamda Madina shaharlarida keng tarqaldi. Islomga qadar bu shaharlar mahalliy tadbirkorlik, davlatlar va elatlararo savdo munosabatlari orqali gullab yashnagan. Bu davrda riboga asoslangan moliyalashtirishlar amaliyoti moliyaviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy manbai hisoblangan. Makkalik tadbirkorlar va Madinalik dehqonlar o‘zlarining moliyaviy ehtiyojlarini faqatgina foizli moliyalashtirish orqali qondirishgan. Islom nozil qilingandan so‘ng bu shaharlarning moliyaviy tuzilishlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jumladan, ribo bilan shug‘ullanishni, ma’lum mahsulotlar iste’moli va savdosini ta’qiqlovchi Qur’on oyatlari Islom moliyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada, ushbu tamoyillar Makka va Madinada muvaffaqiyatli qo‘llanilib, asrlar davomida dunyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi.

Paydo bo’lish shakillari


Ushr
Xaroj
Bojxona to’lovlari
Jizya
Zakot
1
2
3
5
4
Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida markaziy Islom xazinasi bo‘lgan Baytul-molni tashkil etilganligi Islom moliyasi tizimining rivojlanishi aynan shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Zakot, Ushr, Xaroj, Jizya, bojxona to‘lovlari,ixtiyoriy xayr-ehsonlar, urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va boshqa shu kabi daromad va kirimlar Baytul-molning asosiy manbai hisoblangan.

Paydo bo’lish shakillari

Baytul-molni tashkil etilishidan tashqari, Islomning ilk davrlarida yo‘l cheklari mavjud bo‘lganligi tarixiy dalillar bilan tasdiqlangan. Masalan, Ibn Abbos r.a. Voriqni (dirhamlarga zarb qilingan kumush) qabul qilib olib, Kufaga (Iroqdagi shahar) tasdiqnoma yuborardi. Yana bir misol, Abdulloh ibn Zubayr r.a. Makkada omonatchilardan naqd pul qabul qilib olar va Iroqdagi ukasiga xat yozib, omonatchilar Iroqqa yetib borganida ularga omonatini berishini buyurardi4 . Yuqoridagilar Islom moliyasining milodiy 650 yildan 750 yilgacha bo‘lgan davrdagi qisqacha tarixi deyish mumkin. (Milodiy 750 - 1900 yillar).

Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom banki


Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom bankiga, 1963 yilda Misrda Mit Gʻamr (Mit Ghamr) deb nomlanuvchi mahalliy jamg‘arma tashkil etish orqali asos solindi. Ayni shu davrda, Malayziyada ham musulmonlar Haj amalini bajarishlariga moliyaviy ko‘mak bo‘lishi uchun Ziyoratchilar jamg‘arma korporasiyasi o‘z faoliyatini boshladi va 1969 yilda Tabung Haji (Tabung Haji) nomi bilan mashxur bo‘lgan Ziyoratchilarni boshqarish va jamg‘arma kengashi tarkibiga kiritildi. 1970 yillarga kelib Islom moliyasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi va buning natijasi o‘laroq 1971 yilda Misrda Nasir Ijtimoiy banki tashkil etildi. Bu bank Misr prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan davlat homiyligidagi birinchi foizsiz muassasa edi.

Rivojlanish jarayonlari


1980 yillarga kelib Islomiy moliyaviy xizmatlar sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi. Shulardan, uchta musulmon davlati: Eron, Pokiston va Sudanda jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va Shariatga mos mahsulotlarni taklif qilishda an’anaviy banklar ham jalb qilindi. Shuningdek, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) foizsiz ishlaydigan iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy oqibatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshladi. O‘z navbatida, Malayziya va Bahrayn kabi davlatlar ham o‘zlarining mavjud tizimlari doirasida Islom bankchiligi faoliyatini boshlab yubordilar. Natijada, 1983 yil 1 iyulda Malayziyada Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB) Islom banki tashkil etildi

Raxmat e’tibor uchun!!!


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin