“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 2
112
ISLOM TARIXI VA FALSAFASI
Boydedayev Dostonbek Xusniddin o‘g‘li
Namangan davlat universiteti Tarix yo‘nalishi talabasi
e-mail:
boydedayevdostonbek7@gmail.com
.
Mirzaxmedov Xurshid Abdirashidovich
Sot.f.b.f.dokt. v.b. dots.
Namangan davlat universiteti, sh. Namangan
https://doi.org/10.5281/zenodo.7586450
Annotatsiya:
Ushbu maqolada haq din deya e’tirof
etiladigan Islom dinining
vujudga kelish tarixi hamda Islom dinining falsafiy jihatlari, mohiyati va o‘ziga
xosliklari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Islom dini, Muhammad (s.a.v.),
Arab xalifaligi, haq din, Alloh,
Arabiston yarimoroli, badaviylar, qurayshiylar, Qur’oni Karim, payg‘ambar, Makka,
Madina.
ISLAMIC HISTORY AND PHILOSOPHY
Abstract:
This article talks about the history of Islam,
which is recognized as
the true religion and the philosophical aspects, essence and peculiarties of Islam.
Key words:
Islam, Muhammad (pbuh),
Arab caliphate, true religion, Allah,
Arabian peninsula, Bedouins, Quraish, Holy Qur’an, prophet, Mecca, Medina.
Kirish:
Milodiy VII asrda vujudga kelgan Islom dini
tez fursatlarda anchayin
katta hududlarga yoyildi hamda ulkan hududlardagi ko‘plab aholini yagona din,
yagona mafkura asosida birlashtirishga hamda adolatli
jamiyat hamda adolatli
turmush tarzi kabi g‘oyalarni insonlar ongiga singdirishga asos bo‘ldi. Bu borada
insonlarni o‘ziga tortgan hamda ularni ishontira olgan asosiy omillar sifatida ushbu
dinning
asl mohiyatidagi soflik, Islom dinining muqaddas kitobi- Qur’oni Karim,
Allohning rasuli hisoblangan- Muhammad (s.a.v.) hamda undan keyingi choryorlar,
ya’ni 4 xalifa:
Abu Bakr, Umar, Usmon, Alini keltirish mumkin. Falsafiy jihatdan
ham mukammal tizimga ega bo‘lgan ushbu din Alloh tomonidan insonlarga taqdim
etilgan eng so‘nggi va haq din hisoblanadi.
Asosiy qism:
Jahonda qariyb 1,8 milliard kishi islomga e’tiqod qiladi.
Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a
aholisining
20% dan ortiqrog‘ini tashkil etadi[1]. Xo‘sh bu ulkan din qanday shakllanish tarixiga
ega?