Islom tarixi va falsafasi


“Interpretation and researches”



Yüklə 302,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.10.2023
ölçüsü302,66 Kb.
#157205
1   2   3   4   5   6
islom-tarixi-va-falsafasi

“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 2 
113 
Islom (arabcha, “bo‘ysunish”, “itoat etish”)- jahondagi keng tarqalgan uch 
dindan biri[2]. Ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar muslim, musulmon deb ataladi. Bu 
dinning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) hisoblanadi. Dinning muqaddas kitobi- 
Qur’oni Karim hisoblanadi. 
Qur’on- arabcha, “qiroat”, “o‘qish” degan ma’noni anglatadi. Qur’oni Karim 
islom dinining muqaddas kitobi hisoblanib, 610-yildan Muhammad (s.a.v.) vafotiga 
qadar nozil qilingan. 114 ta suradan iborat. 
Islom dinining asoschisi- Muhammad (s.a.v.) 570-yilda Makka shahrida 
Qurayshiy qabilasining Hoshimiy urug‘ida tavallud topadi. Tug‘ilishidan avval otasi- 
Abdulloh, 6 yoshligida onasi- Omina vafot etadi. Keyin bobosi Abdulmutalib uni o‘z 
tarbiasiga oladi. Lekin 8 yoshligida bobosi ham vafot etadi. Shundan so‘ng 
Muhammad (s.a.v.) ni amakisi Abu Tolib o‘z tarbiyasiga oladi. Payg‘ambar poda 
boqish bilan juda erta mehnat faoliyatini boshladi. Bu uni kamtarlikka va har qanday 
mehnatni qadrlashga o‘rgatdi. 
Payg ‘ambar 40 yoshga yaqinlashganda, ya’ni 610-yil Ramazon oyining 17-
kunida Jabroil alayhissalom orqali Allohdan “Alaq” surasining 5 oyati u kishiga 
birinchi vahiy bo‘lib keladi[3]. Shundan so‘ng 23 yil davomida Qur’oni Karim nozil 
bo‘ldi va Islom dini uchun asos bo‘ldi. 
Shundan so‘ng Muhammad (s.a.v.) Makka shahrida yakka Xudoga asoslangan 
din targ‘ibotini boshladi. Dastlabki yillarda juda oz kishi uning izidan borgan. Ayni 
vaqtda qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bo‘lgan va Makkada 
siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar bu targ‘ibotga jiddiy qarshilik 
ko‘rsatgan. Keyinroq, Makkada ahvol keskinlashgach, Muhammad (s.a.v.) ma’lum 
davrlardan buyon Makka hukmronlari bilan raqobatlashib kelgan Madinadagi Avs va 
Xazraj qabilalarining vakillari bilan muzokaralar olib borgan va ularning yordami 
bilan Madinaga ko‘chib ketgan. 622-yilda yuz bergan bu ko‘chishdan so‘ng 
musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlangan. Makkadan ko‘chib borganlar islom 
tarixida “muhojirlar”, islomni qabul qilgan madinalik qabilalar esa “ansorlar” 
(yordamchilar) degan nom olgan[4]. 
Hijratning ikkinchi yilida jihot farz qilindi. Muhammad (s.a.v.) ishtirok etgan 
janglar g‘azot, lashkar yuborgan janglari “surayya” deb nomlangan. Shundan so‘ng, 
musulmon qo‘shinlari Madina davlati atrofidagi arab qabilalariga yurishlar qilib, 
ularning ko‘plarini o‘ziga bo‘ysundirgan. 
630-yil bahorida Madina qo‘shinlari Makkaga yaqinlashib, hech qanday 
qarshiliksiz shaharni bosib oladi. Shu vaqtdan boshlab Muhammad (s.a.v.) bilan 
Makka hukmdorlari o‘rtasida raqobat va qarama-qarshilik ham tugagan. 
Muhammad (s.a.v.) 632-yil iyun oyida Madinada vafot etgan. Bu davrga kelib 
anchagina mustahkamlangan musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu davlat 
Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan markaziy qum 



Yüklə 302,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin