Islondagi mazhablar va yo’nalishlarr

Yüklə 5,89 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü5,89 Kb.
#182854
Dinshunoslik 5 Omonov Doston

ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR

Bajardi:Omonov. D

Qabul qildi:Mamatqulova . D.

Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar

Reja:

  • Islom mazhabchiligi
  • Islomdagi yo'nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar.
  • Hanafiylik mo’tadil mazhab.

. Islom mazhabchiligi

  • islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan;

Shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan.

Xanafiy mazhabi.

Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 – 767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega bo’lib, qonun-qoidalarni “qiyos” va “istihson”ni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda “ra’y” (fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi “Ahl – ur – ra’y ” nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni “Ahl ul-hadis” deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi an’anani yaxshi bilgan va tan olgan.

Molikiya mazhabi. 

Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan. Asoschisi Molik ibn Anas Asbahiy 713 yili Madinada kamon o’qlari yasovchi oilasida tavallud topib, shu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga boorish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan. Molik hech bir siyosiy oqimga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo’lmagan. Baxslar va ilmiy munozaralarda ishtirok etmagan, chunki u “ilm – xo’rozlar va qo’chqorlar orasidagi urush emas”, deb hisoblagan. 

Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-Marvaziy al-Bag‘dodiydir. Kelib chiqishi arablardan bo‘lmish Ahmad ibn Hanbalning naslu nasabi Robia Adnoniya ismli mashhur ayol mansub bo‘lgan SHaybon qabilasiga borib taqaladi. SHaybonning nasabi Nazzor ibn Ma’d ibn Adnonda Muhammad (a.s.)ning nasablari bilan tutashadi. 

Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:

1.Qur’on va sunna matnlari.

2.Sahobalarning fatvolari.

3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari.

4. Isnodi zaif yoki ohod hadislar.

5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.

E’tiboringiz uchun Rahmat!

Yüklə 5,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin