Iste’mol krediti – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo’llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit.
Iste’mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo’ljallangan iste’mol buyumlarining tovar shakli, pulga sotib olib, iste’mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
Ish bilan band bo’lgan jami aholi– ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan qismi.