Ismailova T. S., Haydarov B



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə154/188
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#44621
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   188
Ismailova T. S., Haydarov B-fayllar.org

Pul - kredit siyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui.

Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.

Rekonstruksiya (qayta tiklash) - faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski sexlar o’rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.

Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.

Referendum – lotincha so’z bo’lib, davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo’yish degan ma’noni bildiradi.

Saylov tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo’yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik lavozimiga saylashni o’tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin