Partiyalar shakllanishining uch yo’li: «Yuqoridan» shakllanish yo’li parlament guruhlari siyosiy elita, partiya byurokratlari faoliyatlari asosida amalga oshirilishi mumkin. «Quyidan» shakllanish ijtimoiy harakatlar yoki aniq mafkura, yetakchi tarafdorlarining birlashuvlari asosida bo’lishi mumkin. Partiya shakklanishining «aralash» usuli elitar guruhlar va oddiy fuqarolarning birgalikdagi harakatlari asosida ro’yobga chiqadi.
Pudrat – shartnoma yoki xo’jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi to’g’risidagi shartnoma.