Tashqi nodavlat qarzlar – mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.
Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko’zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.