Uzoq muddatli depozitlar – jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklariga bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan pul ko’rinishidagi jamg’arma va omonatlar.
Unifikatsiya – turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo’llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash.
Uyali aloqa – uyali tarmoqqa asoslangan mobil radioaloqaning bir turi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi –qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitusiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.