Ismailova T. S., Haydarov B


- Mavzu. Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə56/188
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#44621
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188
Ismailova T. S., Haydarov B-fayllar.org

6 - Mavzu. Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash.

6.1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.

6.2. Kommunikasiyalar.

6.3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.

6.4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llari.

Qo’llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Interaktiv”, “Insert” usullari.

6.1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.

Menejmentda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

* zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda;

* firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlariga yetkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo’linmalari o’rtasida axborot almashuvini yo’lga qo’yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi;

* uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.



Menejment sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar:

* yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo’lishi va o’z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;

* tashkiliy tuzilmaning biron bir bo’g’inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;

* ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo’lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to’g’ri tanlanishi lozim; to’planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.



Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

* zamonaviy firmalarda axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo’llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;

* tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko’rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;

* axborot tizimlari o’z faoliyati davomida axborot tuzish, to’plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o’zaro bog’liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro’yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;

* axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o’rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to’plash jarayonlaridan iborat.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin