Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Samaradorlik olingan samarani sarflangan xarajatlarga nisbatini ifodalaydi va 
qandaydir ma’noda ushbu natijaga erishishning bahosi bo’lib hisoblanadi. Agar 
biron bir natijaga erishilmasa samaradorlik o’zining ijobiy iqtisodiy mohiyatini 
yo’qotadi. Ichki rejalashtirishda “samara” va “samaradorlik” ko’rsatkichlari 
ilmiy, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa natijalarni mujassamlashtirgan umum-
iqtisodiy kategoriya sifatida qo’llaniladi. Iqtisodiy nazariyada samaradorlik 
mezonlari sifatida yuqori yakuniy natijalarga olib kelishni ta’minlaydigan talablar, 
maqsadlar va vazifalar yig’indisi tushuniladi. Korxonalarning rivojlantirishning 
aniq maqsadlarini e’tiborga olgan holda tuzilgan rejalar universal xarakterga ega 
bo’la olmaydi. Bir firma uchun tuzilgan loyiha ikkinchi bir korxona uchun to’g’ri 
kelmasligi mumkin. 
Shu sababdan, har bir holatda ichki rejalashtirishni amalga oshirishning 
dastlabki bosqichida korxona faoliyatini baholash maqsadlari va mezonlarini 
to’g’ri baholay olish zarur. 
Biznes reja samaradorligini baholash yangi investitsion loyihalarni 
baholashning muhim bosqichi hisoblanadi.
Foydani iqtisodiy samaradorlikning asosiy mezoni ekanligini inkor etmagan 
holda, solishtirish uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlar tarkibini kengaytirish 
mumkin deb hisoblaymiz. 
Samaradorlik etaloni sifatida korxona iqtisodiy faoliyati xarajatlari va 
daromadlarining muhim ko’rsatkichlarini olish mumkin. Umumiy holda 
samaradorlik mezonlari kapital yoki daromadning maksimal o’sishini ifodalashi 
lozim. Xarajatlar orqali ifodalanadigan samaradorlik mezonlari, aksincha
resurslarining minimal sarfini ifodalashi kerak. 
Biznes reja samaradorligini baholashda pul oqimlarini to’g’rilash bilan 
bog’liq hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Bu hisoblar tarkibini pul mablag’larining 


285 
kelgusidagi va haqiqiy qiymatini aniqlash tashkil qiladi. Shuningdek, biznes reja 
samaradorligini baholashda sof diskontlangan daromad, daromadlilik indeksi, 
qoplash muddati kabi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin