СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ПРЕДМЕТУ: «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
288
ТИПОВЫЕ БИЗНЕС ПЛАНЫ, РАЗРАБОТАННЫЕ ПО ПРЕДМЕТУ
«БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
314
ГЛОССАРИЙ
342
ОБЩИЙ ТЕСТЫ ПО ПРЕДМЕТУ «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
349
УКАЗАНИЕ ПО СОСТАВЛЕНИЮ БИЗНЕС ПЛАНА
399
СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
409
12
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bugungi mehnat
bozoriga kadrlarni taqdim etish borasidagi ustivor vazifalardan biri bo’lib
qolmoqda.
Hozirgi kunda oliy ta’lim sohasi oldida turgan eng muhim masalalardan biri
– bu, ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish hamda raqobatbardosh
kadrlarni
tayyorlash
hisoblanadi.
SHuningdek,iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan
yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni
o’zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda
tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga
ko’tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga
yangi talablarni qo’yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori
malakali kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim
ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, O’zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan
mamlakatga aylantirish masalasining ilgari surilishi oliy ta’limda tayyorlanayotgan
kadrlarning bilimi va ko’nikmalariga yuqori darajadagi talablarni
qo’yadi.Tayyorlanayotgan kadrlar mamlakat iqtisodiyotida turgan dolzarb
muammo va masalalarni hal qila olish hamda asoslangan qarorlarni qabul qilish
ko’nikmalariga ega bo’lishi zarurdir. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o’zlashtirgan,har qanday
iqtisodiy jarayonlarga to’g’ri baho beradigan,iqtisodiyot oldida turgan muammolar
yechimini hal qila oladigan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni
ta’minlaydi.
13
Ushbu tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan vazifani hal etishda mazkur
darslik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, unda mehnat sarflarini, natijalarni va
xarajatlarni rejalashtirish usul va tartibotlari bayon etiladi. Darslikda tadbirkorlik
faoliyatini asoslash, tashkil etish, tartibga solish va amalga oshirish quroli
hisoblangan biznes rejani tuzish bo’yicha ham nazariy, ham amaliy tushunchalar
beriladi.
Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab
chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab
qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi.
Rejalashtirish nafaqat ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish asosi,
balki iqtisodiy resurslardan foydalanish me’yorlarini o’rnatish asosi bo’lib ham
hisoblanadi. Rejalashtirish “nimani, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak”
degan savolni hal qilish bilan birga, faoliyatni tartibli ravishda amalga oshirishni
ta’minlaydi. Rejalashtirish mazmunini qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun
yo’nalishlarni belgilash hamda vazifalarni aniqlashtirish, harakatlarni va
vositalarni tanlash tashkil etadi. Ayniqsa hozirgi sharioitlarda rejalashtirishning
ahamiyati tobora oshib bormoqda. U moliyaviy mablag’larning istiqbolligini
asoslash, investitsion loyihalar samaradorligini baholash, yangifaoliyat turini ham
hisob kitoblar, grafiklar, jadvallar asosida ifodalash quroliga aylanmoqda.
Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Biznesni rejalashtirish” fan dasturi va o`quv
rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Darslik “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi
bo’yicha tahsil oluvchi talabalarga hamda rejalashtirish bilan qiziquvchilar uchun
mo`ljallangan.
|