Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
2.2. Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 
Tadbirkorlik yoki xo’jalik faoliyatining yutug’i ichki rejalashtirish sifatiga 
bog’liq. Rejalashtirish kelgusidagi maqsadlarni aniqlashtirishni va ularga erishish 
vositalarini va resurslar taqsimotini ko’zda tutadi. 
Reja umumiy ma’noda – bu kelajak obrazi. Qo’yilgan maqsadlarga 
erishishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir. 
Korxona rejasi – oldindan ishlab chiqilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu 
tadbirlar maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutib, ular mohiyatini mahsulot 
ishlab chiqarish va sotishni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishga 
qaratilgan uslublar hamda resurslar orasidagi o’z aro bog’liqlikni muvofiqlashtirish 
tashkil qiladi. 
Rejalashtirish – bu rejani ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini nazorat 
qilish jarayoni bo’lib bunda sharoitlarning o’zgarishiga muvofiq uni korrektirovka 
qilish ham ko’zda tutiladi. 
Rejalashtirish insonning har qanday maqsadli iqtisodiy faoliyatining 
boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish 
cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish 
muammolarini tadqiq qiluvchi iqtisodiy fanning muhim tarkibiy qismdir. 
Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish turli korxona, firma va 
tashkilotlarda iqtisodiy resurslarni tanlash va ulardan foydalanish qonunlari, 
tamoyillari, qoidalari va usullarini o’rganadi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish 
mexanizmi korxonaning haqiqiy holatini mikroiqtisodiy tadqiq qilish va uning 
kelgusida rivojlanish darajasini modellashtirishning o’z aro ta’siriga asoslanadi. 


32 
Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va unga erishish yo’llarini 
belgilashdan iborat. 
Rejalashtirish jarayoni bir qancha bosqichdan o’tadi. Yevropa biznesida 
rejalashtirishni 4 bosqichga ajratiladi: 
1)
Umumiy maqsadni ishlab chiqish; 
2)
Aniq vazifalarni aniqlash; 
3)
Maqsadgaerishishningasosiyyo’llarivavositalarinitanlash; 
4)
Ularning bajarilishini nazorat qilish. 
Har qanday rejalarning asoslanganlik darajasi ko’p jihatdan ayrim olingan 
korxonalar 
rivojlanishida 
erishilgan 
darajasini 
ifodalovchi 
boshlang’ich 
ko’rsatkichlarning ishonchliligiga bolg’iq bo’ladi. Har bir korxona umumiy bozor 
tizimining kichik bir bo’lagi hisoblanganligi sababli, uning faoliyatini rejalashtirish 
uchun iloji boricha ko’proq va aniqroq mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko’p holatlarda umumiy 
bozor ko’rsatkichlari yoki asosiy makroiqtisodiy omillar (masalan, o’sish sur’ati) 
turli korxona va uning bo’linmalari faoliyatini rejalashtirish uchun boshlanich 
ma’lumot bo’lib xizmat qiladi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishda ichki faoliyatni rejalashtirish menejmentning 
asosiy funksiyalari – maqsadni belgilash, tashkil etish, hisob, nazorat, yo’naltirish 
va rag’batlantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ushbu funksiyalar nafaqat 
korxonaning reja – iqtisodiy faoliyati predmeti, balki ichki xo’jalik 
rejalashtirishning obyektini ham belgilaydi. 
Zamonaviy sharoitlarda barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini 
rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli 
va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining 
cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni 
ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham 
iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi. 
Hozirgi sharoitda barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir 


33 
korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda 
tanlaydi. 
Zamonaviy 
sharoitlarda 
rejalashtirish 
ayrim 
shaxslar 
va 
mehnat 
jamoalarining, kichik va yirik korxonalar uchun erkin bozor munosabatlarini 
vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot 
ishlab chiqarish va iste’mol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va 
firma hamda korxonalar tomonidan ularning taklifi o’rtasida mutanosiblik 
saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga 
harakat qiladilar. 
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish 
maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy 
maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir. 
Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlab chiqarish — xo’jalik tashkiliy 
boshqaruv, moliyaviy iqtisodiy muammolarni umumiy tarzda ko’rib chiqish bilan 
cheklanib qolmay, kelgusida qabul qilinadigan qarorlarga diqqatni jalb qilishni 
ham ko’zda tutadi. Shu sababdan mavjud muammoni rejalashtirish davomida hal 
etib borish kelgusida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish 
vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish 
menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi 
bo’lib hisoblanadi. Bu esa korxonada vujudga keladigan ishlab chiqarish – 
iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo 
etadi. 
Rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa 
funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’z aro ta’sir 
mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimga 
birlashtirishni talab etadi. 
Masalan, korxona faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatgichlarini 
rejalashtirishda amaldagi ilg’or me’yorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy 
maqsadlardan to’liq foydalanish zarur. 


34 
Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin. 
1. Iqtisodiy o’sish – korxonaning iloji boricha ko’proq miqdorda va yuqori 
sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi. 
2. To’liq bandlik — ishga qobiliyatli va ishlashni xohlovchi barcha ishchilarni ish 
bilan ta’minlash. 
3. Iqtisodiy erkinlik – barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyati doirasida 
yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish. 
4. Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni yo’lga 
qo’yish. 
5. Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan foydalanishga 
kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin