Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

2.1 – jadval 
Ichki rejalashtirishning asosiy tamoyillari 
T/R 
Rejalashtirish 
tamoyillari 
Mazmuni 
1.
 
Zaruriylik 
Har bir sohada rejalardan majburiy tarzda foydalanish faoliyat 
samaradorligi asosi hisoblanadi. Harakat qilishdan avval nima 
istashi va bajarilishini bilish lozim. 
2.
 
Uzluksizlik 
Rejalashtirish jarayoni muntazam ravishda amalga oshirilishi 
uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
a)
avvalgi davr rejalarining amal qilish davri tugashi bilan 
yangi rejalar tuzilishi lozim; 
b)
reja davriniig ma’lum bir qismi o’tgach, shart – sharoitlarni 
e’tiborga olgan holda yangilangan rejalar tuzilishi lozim. 


39 
3. Moslashuvchanlik 
Dastlabki rejalarni o’zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashtirish 
quyidagilar asosida amalga oshiriladi: 
a)
asosiy 
ko’rsatkichlar 
bo’yicha 
rejaviy 
rezervlarni 
shakllantirish; 
b)
turli vaziyatlar uchun vaziyatli rejalarni tuzish; 
c)
muhit o’zgarishining xisobini yuritish maqsadida Operativ 
rejalardan foydalanish; 
d)
alternativ rejalardan foydalanish. 
4.
 
Yagonalik 
(umumiylik) va 
tizimlilik 
Tizimlilikka 3 asosiy usulda erishiladi: 
1.
Umumiy (yagona) iqtisodiy maqsadning mavjudligi va 
gorizontal hamda vertikal darajalar bo’yicha tuzilmaviy 
bo’linmalarning o’z aro aloqasini ta’minlash. 
2.
Barcha bo’linma va faoliyat sohalarining xususiy rejalari 
o’zaro bo g’liqlikda umumiy rejani tashkil etishi lozim. 
3.
Qaror qabul qilishda ahamiyatga ega bo’lgan barcha 
omillarni rejaga kiritish. 
5.
 
Aniqlilik 
1.
Har bir reja qo’yilgan maqsadga erishish uchun yetarli 
darajadagi aniqlikda tuzilishi lozim. 
2.
Operativ rejalardan uzoq muddatli rejalarga o’tilishi bilan 
aniqlilik darajasi pasayib borishi mumkin. 
6. 
Ishtirok etish 
1.
Personalning rejalashtirish jarayonidagi aktiv ishtiroki uning 
ishga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi. 
2.
O’zi uchun rejalashtirish psixologik va iqtisodiy jihatdan 
samaraliroq hisoblanadi. 
Komplekslilik tamoyili. Har bir korxona bo’linmalar iqtisodiy faoliyati 
natijalari texnika va texnologiyani rejalashtirish, ishlab chiqarishni taishkil etish 
darajasiga, xodimlarni boshqarish,, rag’batlantirish va mehnatga haq to’lash 
tizimiga, mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish, 
daromadlilik va to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari darajasiga bog’liqdir. Sanab 
o’tilgan barcha omillar reja ko’rsatkichlar kom’leks tizimini tashkil etadi. Shu 
sababli, ulardan birortasidagi sifat va miqdor o’zgarishlari boshqa iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari ishlab chiqarishdagi 
har qanday reja qarorni nafaqat iqtisodiy natijalarga, balki ijtimoiy, texnik, 
tashkiliy natijalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli qabul qilinayotgan rejaviy va 
boshqaruv echimlari alohida olingan ob’ektlarda ham, korxona yakuniy natijalarida 
ham kompleks tarzda tashkil etilishi lozim. 


40 
Samaradorlik tamoyili ishlab chiqarishni yuqori samaradorlik keltiruvchi 
variantda tashkil etishni ko’zda tutadi. Har qanday rejalashtirilgan samara 
belgilangan natijaga erishilgan darajani ifodalaydi. 
Samarani baholashda rejalashtirish jarayonida kutilayotgan ko’rsatkichlarni 
oldindan tanlangan maqsad, belgilangan daromad normativlari va boshqa 
solishtirma ma’lumotlar bilan solishtirish amalga oshiriladi. 
Rejani tuzish bosqichida haqiqiy samarani baholash mumkin emas. Lekin 
shunga qaramay ularni rejalashtirish zarur. Har qanday samara yakuniy natijada 
birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan turli resurslarning iqtisodida 
ko’rinadi. Rejalashtirilgan samaraning eng boshlang’ich ko’rsatkichi kelishish 
hisoblanadi. Optimallik prinsipi rejalashtirishning barcha bosqichlarida bir nechta 
variantdan eng muqobilini tanlashni ko’zda tutadi. 
Turli rejalarning optimalligini belgilovchi chegaralar rejalashtirish 
jarayonida belgilanadigan mahsulot kam mehnat sig’imi, material sig’imi, 
mahsulot tannarxi, shuningdek, maksimal foyda bilan ifodalandi. 
Ishtirok etish prinsipi xodimlarning rejalashtirish jarayonida aktiv ishtirok 
etishlarini ko’zda tutadi. Chunki hech kim boshqalar uchun samarali rejalashtira 
olmaydi. Korxonaning har bir xodimi ichki shart sharoitlarni, o’z imkoniyatlarini 
shuningdek, o’z istak va maqsadlarini yaxshi bilganlari tufayli, yuqori sifatli rejalar 
tuzishga erishishlari mumkin. 
Xomum tamoyili 2 qismdan tashkil topgan: koordinatsiya va integratsiya. 
Ularning har biri korxonaning ma’lum bir darajasiga, obyektiga tegishlidir. 
Koordinatsiya bir xil darajadagi ob’ektlarning o’z aro aloqasini, integratsiya 
esa turli darajadagi obyektlar orasidagi aloqani qamrab oladi. 
Koordinatsiyalash tamoyili korxona bo’linmalarining faoliyatini alohida 
rejalashtirish yuqori samara keltirmaydi degan fikrni tasdiqlaydi. Bundan 
korxonaning barcha bo’linmalari faoliyatini bir vaqtda va o’z aro bog’liq holda 
rejalashtirish zarurligi kelib chiqadi. Muammolar qayerda paydo bo’lishidan qat’iy 
nazar, ularni birgalikda hal etish lozim. 
Integratsiyalash tamoyiliga ko’ra barcha darajada o’z aro bog’liq 


41 
rejalashtirish lozim. Korxonaning bir darajasida belgilangan strategiya yoki 
taktika, boshqa bo’inlar uchun ham yangi muammolar tudiradi. Ushbu
prinsiplarning uyunlashuvi xomum prinsipini keltirib chiqaradi, Ushbu prinsipga 
ko’ra korxonada element va bosqichlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning barchasida 
birdaniga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqoridagi prinsiplar asosida amaliy faoliyat jarayonida rejalashtirishning 
umumiy ilmiy usullari rejalanadi. Rejalashtirish usullari zaruriy reja ko’rsatkichlari 
va natijalarini axtarish, asoslash va tanlash jarayonidir. 
Amaliy maqsad, foydalaniladigan boshlang’ich axborot, me’yoriy baza, 
yakuniy reja ko’rsatkichlarini aniqlash yo’llariga bog’liq rejalashtirishning ilmiy, 
eksperimental, me’yoriy, balans, sistemali–analitik, programmali–maqsadli, 
iqtisodiy–matematik, injener iqtisodiy, loyixa variantli usullaridan foydalaniladi. 
Har bir usul rejalashtirilayotgan asosiy natijaga nisbatan ustunlikka ega bo’lgan 
belgilar bilan xarakterlanadi. Masalan, ilmiy usul – rejalashtirish borasida chuqur 
bilimga ega bo’lishni talab etadi, tajriba (eksperimental) usuli – tajriba 
ko’rsatkichlarini tahlil qilish va asoslashni; me’yoriy usul – rejalashtirishda ilmiy 
asoslangan me’yorlaridan keng foydalanishni talab etadi. 
Rejalashtirish jarayonida xech bir usul yakka tarzda qo’llanilmaydi. Ichki 
rejalashtirishning samaradorligini oshirish asosini korxona holatini, uning ichki va 
tashqi muhitini har tomonlama o’rganishga qaratilgan ilmiy yondashish tashkil 
etadi. 
Masalan, sistemali tahlil korxona yoki uning bo’linmalari faoliyatida 
quyidagi savollarni hal etishga qaratiladi: 
1)
Rejalashtirishda ko’zda tutilayotgan tizimni qanday ajratish lozim; 
2)
Korxona qaysi sohada va qanday sharoitda faoliyat ko’rsatmoqda; 
3)
Firma qanday tarzda tashkil qilingan va amalda qanday faoliyat ko’rsatmokda; 
4)
Firmaning siyosati, strategiyasi, taktikasi qanday? 
5)
Korxona ilgari qanday ishlagan va hozirda qanday faoliyat ko’rsatmoqda; 
6)
Korxona aksiyadorlari kimlar va ular qancha? 
7)
Firma raqobatchilari kimlar, ularning bozordagi ulushi qanday va u qanday 


42 
o’zgaradi; 
8)
Korxona faoliyatiga qanday qonun va qarorlar ta’sir ko’rsatadi. 
Ushbu tahlil davomida olingan natijalar korxonaning rejali rivojlanishini 
cheklaydigan omillarni aniqlashga imkon beradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin