318
Shlixtalash bosqichida – tandalangan iplarga MSHB-180 jihozlarida maxsus
qorishma yordamida ishlov berib uning sifati va mustahkamligi oshiriladi.
To’quv bosqichi – bunda asosiy texnologik jarayon STB-180 to’quv jihozida
bajariladi.
Ishlab chiqarish rejasini tuzish ko’zda tutilgan ishlab chiqarish hajmi uchun
zaruriy xom ashyo sarfini aniqlashdan boshlanadi. Texnologik zanjirdagi tayyorlov
bosqichlarida ishlov beriladigan yarim tayyor mahsulotlar
shu jarayon uchun
tayyor mahsulot hisoblanadi. Shu sababli har bir tayyorlov bosqichida ishlovdan
o’tadigan yarim tayyor mahsulot hajmi aniqlanadi. Ma’lumki,
jihozlar sonini
aniqlash uchun ushbu bosqichlardagi ishlov beriladigan mahsulotlar hajmini
aniqlash zarur. To’quv jarayonigacha bo’lgan bosqichlarda
ishlov beriladigan
mahsulot kalava ip hisoblanadi. Bunda amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan
foydalaniladi, ya’ni amaliyotda 100 metr mato uchun assortiment turiga bog’liq
ravishda o’rtacha 4.5-6.5 kg kalava ip sarflanishi belgilangan. Bu orqali 1 metr
mato uchun sarf me’yorlarini aniqlash lozim ( 4.8:100=0.048 kg). Shundan so’ng
yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uchun zaruriy xom – ashyo miqdori
aniqlanadi, ya’ni 1 metr mato uchun me’yor sarfi yillik
ishlab chiqarish hajmiga
ko’paytiriladi (0.048*3400000=163200 kg). Hisoblarni jihozlar sonini aniqlashda
davom ettiriladi.
Jihozlar sonini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi:
КRО
Uj
Q
J
s
с
*
(1)
bu yerda:
Q
s
- har bir ishlab chiqarish bosqichida ishlov beriladigan mahsulot yoki xom –
ashyo hajmi, kg
U
j
- ishlov berish bosqichida ishtirok etuvchi jihozning soatlik unumdorligi (texnik
pasportidan olinadi).
KRO- jihozning foydali ish bilan band bo’lish koeffitsienti.
Bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
KRO=1-A/100
319
bu yerda:
A – jihozni ta’mirlash bilan bog’liq tanaffuslari vaqtining normativ miqdori, foizda.
To’quv jarayoni bosqichlari uchun A quyidagicha belgilanadi:
1.
O’rov jihozi – 3%
2.
Tandalash – 4%
3.
Shlixtalash – 6%
4.
Ip ulash – 2%
5.
To’quv – 5%
Ushbularga asoslangan holda KRO ni hisoblanadi.
1.KRO =1-3/100=0.97
2.KRO =1-4/100=0.96
3.KRO =1-6/100=0.94
4.KRO =1-2/100=0.98
5.KRO =1-5/100=0.95
Jihozlarning soatli unumdorligi quyidagi jadvalda havola etiladi:
Dostları ilə paylaş: