71
Har bir korxona boshqa korxonalardan eng
avvalo mulk shakliga muvofiq,
so’ngra ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xususiyatlari, ishlab chiqarish
tavsifi, o’z miqyosi, joylashgan o’rni,ishlab chiqarish aloqalari va boshqa ayrim
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Lekin ularning
ishini tashkil etish va
rejalashtirishda namunali, bir xil yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlari nazariy
va amaliy jihatdan asoslab berilgani sababli ularni guruhlarga ajratish mumkin.
Mulkchilik shakliga ko’ra korxonalarning quyidagi turlari ajratiladi:
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
shirkat ( jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari,
ishlab chiqarish kooperativlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlariga , jamoat
tashkilotlari va diniy tashkilotlarga
qarashli korxonalar;
davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
aralash mulkka asoslangan va qo’shma korxonalar;
Davlat korxonasi – bu davlat mulkiga asoslangan korxona. Davlat korxonasi
huquqiy shaxs bo’lib egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli bo’lgan
qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega.
Bundan korxonalar bilan
faoliyati davlat rejasi asosida olib boriladi.
Qo’shma korxonalar boshqa mamlakatlar ishtirokida bunyod qilingan
korxonalar. Ular o’zaro manfaatdorlik negizida hukumatlararo shartnomalar
asosida tashkil qilinib, ilmiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa vazifalarni
yechishga qaratilgan. Qo’shma
korxonalar sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish,
transport, savdo, fan va boshqa sohalarda tarkib topishi mumkin. Bu korxonalar
asosan chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo
va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o’z mustaqil balansiga ega va mustaqil
faoliyat yuritadi. Bugungi kunda chet el sarmoyasi asosida ishlayotgan korxonalar
soni 7560 tani tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan o’sish 137%ni tashkil etdi.
Bundan tashqari korxonalar quyidagi belgilar bo’yicha tavsiflanadi:
Dostları ilə paylaş: