123
tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko’riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan
yanada
oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining
natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash
imkonini yaratiladi
.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Biznes rejani tuzishda tovar yoki xujjatga emas, balki tanlanga bozorga va
haridor talabini qondirishga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan,
iste’molchi kitob sotib olishdan qanday naf ko’radi? Bunda haridor “kitob“ tovar
emas, balki bilim olish vositasini sotib oladi.Biznes
reja aynan ana shu nuqtaga
e’tibor qaratishi kerak. Shu bilan birga ushbu tovarni qanday ustunlikka ega
bo’lishini ham ko’rsatib o’tishi lozim.Har qanday g’oya u qanchalik jozibador
bo’lmasin, chuqurlashtirilgan tarzda aniqlashtirilishi lozim.
Biznes rejani ishlab chiqish katta mehnat va mablag’ talab etuvchi jarayon
bo’lganligi sababli dastlab loyixaning texnik iqtisodiy asoslamasini tayyorlash va
ushbu g’oyani investorlar uchun qiziqarlilik darajasini baholash lozim.
Tuzilgan rejaning asoslanganligi va ishonchliligi ko’p jihatdan
foydalaniladigan
axborotlarga bog’liq bo’ladi. Axborot-intellektual,
ishlab
chiqarish
va
tadbirkorlik faoliyatining asosiy resursi hisoblanadi. Axborotdan foydalanish
mahsulot turini va boshqaruv strategiyasini tanlashga, faoliyatni istemolchilarning
ma’lum bir guruhiga, potensial sotuv bozorlariga yo’naltirishga sharoit yaratadi.
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi.
Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab
chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
va
bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi.
So‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko‘rsatkichlar quyi bo‘g‘inlarga
harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda
bo‘linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida
barcha mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o‘zaro
124
muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona
yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Biznes-reja
birinchi navbatda, nimani,
qancha va kim uchun ishlab chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim.
Bu esa tabiiyki, biznes-rejani tuzish bosqichidayoq resurslar ta’minoti bilan
mustahkamlanishi lozim.Resurslar bilan ta’minlanganlik –yangi yoki joriy ishlab
chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan ta’minlaganlik masalasi
yuzaga chiqadi. To’g’ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko’p
jihatdan resurslar
turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan ayni sharoitlarda ishlab chiqarish
korxonalari faoliyati taraqqiy etib borishi bilan x’'jalik yuritishning asosini tashkil
etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali uslublarini bilishlari,
tavakkalchilik
chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbo’lini tanlay
olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va
har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: