134
Bu yerda ishlab chiqarish ko’zda tutilayotgan mahsulot haqida ma’lumot
beriladi, chunki hech kim to’g’ridan to’g’ri har bir mahsulotni ishlab chiqish uchun
mablag’ bermaydi. Bu yerda shu o’z mahsulotingizni xaridorgir ekanligini, uning
zaruriy, foyda keltiruvchi mahsulot ekanligini uning xususiyatlarini isbotlab,
investorlarnigiz mablag’ini aniq maqsadga sarflayotganligiga ishontira olishingiz
lozim.
Buning uchun sizdan o’rta aniqlik va quyidagi savollarga javob berishingiz
talab etiladi:
Sizning mahsulotingiz (xizmatingiz) qanday extiyojlarni qondirishga qaratilgan.
Qanday o’ziga xos xususiyati nimada va nima uchun isteomolchilar uchun
tashlashadi?
Sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangiz qanday patent va avtorlik
guvoxnomalari bilan ximoyalangan.
Siz ishlab chiqarayotgan mahsulotni ko’rinishi xaridorlarni jalb qilishning
muhim shartidir. SHuning uchun biznes rejada albatta tovarning surati berilishi
maqsadga muvofiqdir. SHu o’rinda tovarning bahosini va unga sarflanadigan
xarajatlar qiymatini ko’rsatish zarurdir. CHunki bu narsa foyda miqdorini
aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: