Ojizlarga rahm qilmaydigan, zolim kishilarga Alloh taoloal-Qohhar
ismu sifati bilan g’azab qiladi va jazolaydi. Haddidan oshgan,
mutakabbirlik qilib Allohni unutgan kimslar haqida Qur’oni
Karimda ko’plab qissalar kelgan.
Samud qavmi qissasi
Samud qavmi Hijoz va Shom shaharları o’rtasidagi al Hijr deb nomlangan
serhosil yerda yashar edilar. Ular qoyalardan mustahkam uylar yasar edilar.
Alloh taolo ularni sogʻlom va baquvvat, badavlat, serfarzand qilgandi.
Lekin Samud qavmi nodon, Allohni tanimaydigan kishilar edilar. Ular but-
sanamlarga, haykallarga ibodat qilishardi. Alloh ularga O’zini tanitish uchun
Solih alayhissalomni yubordi. Payg’ambar alayhissalom Ularni yolg’iz Allohga
ibodat qilishga da’vat etdilar. Ammo u zotga juda oz kambagʻal va nochor
insonlargina iymon keltirdilar xolos. Boy qabila boshliqlari esa iymon
keltirmadilar.
Bir kuni Samud qavmi Solih alayhissalomdan mo’jiza talab qildilar. Shundagina
Allohga iymon keltirishga so’z berdilar. O’ylab-o’ylab toshdan tuya chiqarib
berolsagina, payg’ambar ekanligiga ishonishlarini aytdilar. Solih
alayhissalomning duolari bilan mo’jiza yuz berdi. Toshdan tuya chiqqanini
koʻrgan odamlar daxshatga tushib, koʻzlariga ishonmay, shoshib qoldilar.
Baʼzilari bergan vaʼdalarida turib iymon keltirdilar. Lekin ularning koʻplari Solih
alayhissalomga bergan vaʼdalarini unutib, kofirliklaricha qoldilar.
Allohning amri bilan qishloqdagi quduqdan bir kun Samud qavmi, bir kun tuya
suv ichishini kelishib oldilar. Bu Allohning tuyasi, unga ziyon yetkazish Allohning
g’azabiga sabab bo’lishi haqida Solih alayhissalom ogohlantirdilar.
Ammo, mushriklar mojizaviy qizil tuyani o’ldirdilar. Shunda Alloh Solih
layhissalomga vahiy yubordi va 3 kun ichida qishloqdan chiqib ketishlarini,
kofirlarning boshiga al-Qoghhar bo’lgan Allohning azobi kelishini yetkazdi. Koʻp
vaqt oʻtmay, ularga osmondan qattiq, dahshatli qichqiriq ovozi eshitilib juda
kuchli zilzila boʻldi. Oqibatda kofirlar turgan joylarida halok boʻldilar. Lekin
shunchalik dahshatli zilzila boʻlishiga qaramasdan Alloh taolo Solih alayhissalom
va u kishiga iymon keltirgan moʻminlarni oʻz panohida saqlab qoldi.
Dostları ilə paylaş: