Ushbu ne’matlar Robbimizning
Latifligidandir! Alhamdulillah!
Tanamizdagi a’zolarning o’ta nozik did va
ulkan ilm bilan yaratilishi va joylashtirilishi
kimning fazlidan? Ulardan biri o’z vazifasini
bajarmasa, o’zimizni qanday his qilamiz?
Qushlarda ham, baliqlarda ham qanot bor.
Lekin baliqlar havoda ucholmaydilar,
qushlar suv ostida suza olmaydilar.
Qanotlarni bir-biridan nozik farqlab
yaratgan Ilm Sohibi Kim?
Tog’ kabi ulkan gunohlarni duo, tavba sabab
o’chirib tashlaydigan, o’rnini savob, mukofotlar
bilan to’ldirib qo’yadigan o’ta mehribon Zot kim?
Quyosh yerdan 92,5 mil uzoqdadir.
Agar ushbu masofadan ozgina yaqin bo’lsa,
Yer yoni yoki erib ketardi. Aksincha, sal uzoqroq bo’lsa, Yer
muzlab qolardi. Quyoshning bizga yetib kelayotgan harorati,
uning mukammal haroratining 2milliondan biri xolos.
Shugina harorat bizning hayotimizga zarur ekan, shugina
kelyapti. Undan ortiq ham, kam ham emas!
Ey Robbim! Sen Latifsan! Sen bizning har bir holatimizni bilasan. Bizdagi
xatolarni al-Latif ismingning fazli ila yo'q qil. Marhamatingni darig’ tutma!
Biz Sening lutfingga juda muhtoj, zaif va ojiz bandalaringmiz. Bizga ikki
dunyoda ofiyat va saodat ber! Amin!
MAZMUNI:
Al- Latif ismi ikki ma'noga ega:
Sirli va nozik narsalar va ishlarni biluvchi va hamma
narsani o'z ilmi bilan o'rab turuvchi Zot.
Qur’on bunga yorqin misoldir:
ٍنﺎَﺒ ْﺴُﺤِﺑ
ُﺮ َﻤَﻘْﻟاَو
ُﺲ ْﻤ ﱠﺸﻟا
Quyosh va oy hisobdadir.
55:5
Maxluqotlarning tartibli va go’zal yaratilishi, ularning ehtiyojiga ko’ra
rizqning taqsimlanishi Alloh taoloning Latif ekanligiga guvohlik beradi.
Borliqdagi kichik zarradan tortib, ulkan sayyoralargacha Allohning ilm nuri
bilan paydo bo’lgandir. Ularning hajmi, harakati, joylashishi, tarkibi al-Latif
bo’lgan Allohning nozik o’lchovi ila yaratilgandir!
Shuningdek, Oyning hajmi va Yerdan uzoqlik masofasi
sal o’zgarsa, Yer yuzi ostin-ustin bo’lib ketishi mumkin.
Agar Oy hozirgidan ozgina kattaroq bo’lsa,
uning tortish kuchi ko’payib, Yer yuzida suv toshqinlari
paydo bo'lishi mumkin
Bu nozik hisobni inson foydasi uchun Yaratgan kim?
Al-Latif bo’lgan Allohning marhamati ila osmon biz uchun binoga, tog’lar
ustunlarga, bulutlar suv ta’minotiga aylanadi. Kechasi dam olish, kunduzi faol
bo’lish fursatiga aylanadi. Bularning barini Alloh insonga xizmat qildirib
qo’ygan ilmi ila amalga oshadi!
Hamma narsaning ichki va sirli tomonlarini biluvchi Zot
Alloh taolo har bir holatimizdan xabardor Zotdir. U biz haqimizdagi
eng sirli narsalarni biladi. Ongimizdagi hayollarni, qalbimizdagi
istaklarni, niyatlarni biladi. Alloh o’z mulkida sodir bo’layotgan
barchahodisalardan xabardor Zotdir.
Al-Xobir
An'om surasi
6:18
Dostları ilə paylaş: |