Isometric seo strategy



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#172991
  1   2   3   4
Globallashuv davrida axboriy madaniyat zarurati

Globallashuv davrida axboriy madaniyat zarurati

Reja:


1
3

Globallashuv jarayoni haqida

Globallashuvning xavfli jihati


2
Axboriy madaniyat zarurati

Globallashuv jarayoni nima?

Globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish”, “amerikalashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. “Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. “Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq savdoning chegaralashning man etilishi va jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish.

“Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi.


Hozirgi kunda dunyo globallashuvining yangi davri “axborot asri” yoki “elektron yuz yillik” tomon qadam tashlamoqda. Sun’iy yo‘ldoshlar va internet orqali telekommunikatsiyalarning faoliyat yuritishi har kim va har narsa uchun yer sharining xohlagan chekkasiga borish va joylashish, ya’ni diterritoriallashish imkoniyatini yaratadi.Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy saloqiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq.

Globallashuvning xavfli jihati


bugun dunyo yagona axborot maydoniga aylanmoqda. Shu bilan birga xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soluvchi yangi, misli ko‘rilmagan xavf-xatar, tahdid paydo bo‘layapti. Uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo‘lida axborot xavfli qurolga aylanmoqda. Hozirgi kunda, ma’lumotlarga qaraganda, axborot tahdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat «hamjihatlik» bilan ish olib borayapti. Demak, yagona axborot makonini yaratish, undan axborot tahdidi yo‘lida foydalanish shu darajaga yetdiki, axborot makonidagi xuruj yadro poligonlaridan ko‘ra xavfliroq bo‘lib qoldi. Bugungi kunda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish borasida sa’y-harakatlar davom etayotgan pallada, axborot tahdidi bilan 120 ga yaqin davlatning jiddiy shug‘ullanishi, dunyoni yadro urushidan ko‘ra, axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin