Isomiddinov Ramil


O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risida



Yüklə 113,65 Kb.
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü113,65 Kb.
#156687
1   2   3   4
Isomiddinov Ramil BOSHQARUV TAMOYILLARI mustaqil ish

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o‘tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi;


( 1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
2. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish bo‘yicha — Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi;
O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha — Davlat aloqa inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ);
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat-xabarlarini hamda diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Davlat feldyegerlik xizmati;
respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlarini va jo‘natmalarini qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Respublika maxsus aloqa uzeli;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish — O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 69-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 142-modda)
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodasturlarni tarqatish va translatsiya qilish, radiokanallar bo‘yicha radio aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha — Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi;
radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha — Elektromagnit moslashuv markazi;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng ko‘lamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha — Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi;
tinchlik davrida va alohida davrda O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan obyektlarni harbiylashtirilgan qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha — Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi);
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani boshqarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, o‘rnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi obyektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash bo‘yicha — “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi.
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish va ularni rivojlantirish, universal axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va ularni berish, shuningdek axborot-resurs markazlarining axborotlashtirish va joylarda kutubxona ishi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash.
(2-band o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
6. Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalarni moddiy-texnik ta’minlash hamda ular xodimlari mehnatiga haq to‘lash davlat budjeti mablag‘lari (budjetdan moliyalashtiriladigan o‘quv yurti, maxsus korxonalar, harbiy bo‘linmalar), o‘z mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.



Yüklə 113,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin