O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
,,TELEKOMMUNIKATSIYALAR TEXNOLOGIYALAR VA KASB TA`LIMI’’ FAKULTETI
,,AXBOROT XAVFSIZLIGI’’ yo`nalishi
21-07 guruh talabasi
Isomiddinov Ramilning
“Boshqaruv tamoyillari”fanidan bajargan
1-Mustaqil ish BAJARDI: Isomiddinov R
TEKSHIRDI: ACHILOV S
SAMARQAND-2023
Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning o’rni Reja: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va axborot kompaniyalari bilan aloqasi
Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi qarori
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.02.00 Axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish]
[TSZ: 1.Iqtisodiyot / Aloqa;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh SOHASIDA BOShQARUVNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilansinki, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tegishli ravishda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining huquqiy vorislari hisoblanadi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.05 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.02 Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 Ekologiya solig‘i / 07.10.06.03 Ekologiya solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.03 Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar]
Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi 2005-yil 1-yanvargacha uning asosiy faoliyati bo‘yicha soliqlarning barcha turlarini, yig‘imlarni to‘lashdan va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalardan istisno tariqasida ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar bundan mustasno.
Belgilansinki, bunda bo‘shayotgan mablag‘lar Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bo‘shayotgan mablag‘larning Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.