O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaning yettinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” so‘zlari “aloqa va axborotlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 12-oktabrdagi 502-son qarori 4 va 5-bandlaridagi “Aloqa vazirligining” va “Aloqa vazirligi huzuridagi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” va “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, radioteledasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil10-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” so‘zlari “aloqa va axborotlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi”, “Davlat matbuot qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning 5, 9 va 10-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi”, “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
5-banddagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi”, “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi”, “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi”, “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi”, “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 9-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi va 2-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasining imtiyozli kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 9-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi va 10-bandidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
a) 1-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova nomidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-banddagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi”, “telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi” so‘zlari “aloqa va axborotlashtirish so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi o‘z faoliyatini “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etuvchi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy talablar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq axborotlashtirish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish;
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlari hamda resurslari bozorini rivojlantirish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioefirda, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining mintaqaviy tarkibiy korxonalari negizida Agentlikning hududiy boshqarmalari tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning hududiy boshqarmasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlikning viloyat bo‘linmalariga tezkor rahbarlik qiluvchi va ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Boshqarmaga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Hududiy boshqarmalarni tashkil etish uchun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Agentlik tizimi bo‘yicha boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy sonini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida belgilanganga nisbatan 91 nafarga ko‘paytirishga ruxsat etilsin.
Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorlikda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
radiochastotalardan samarali foydalanilishini ta’minlash, teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste’molchiliklarga va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga barham berish ishlarini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablari bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1, 1a, 2—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 66 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktoriga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda Agentlik hududiy boshqarmalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin, ularning faoliyati qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shog‘ulomov) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan litsenziya bitimlari shartlari hamda nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalari ular tomonidan bajarilishi monitoringini birgalikda olib borish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
teleradioeshittirish, axborotlarni hujjatlashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlari axborot tizimlarini yaratish sohasida chastotalarni tanlov asosida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) bilan birgalikda ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo o‘zaro hamkorligini, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek radiomonitoring o‘tkazish, teleradioefirda qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari, joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |