Ispring dasturida test yaratish imkoniyatlari mundarija I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə6/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#122357
1   2   3   4   5   6   7
Mutalov Islombek

Xulosa va takliflar
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda ,Informatika fanidan ispring dasturi yordamida testlar yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash darslarning samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi,ularning mantiqiy fikrlashlari faollashadi,bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi,o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi,bilishga bo’lgan qiziqishi rivojlanadi,darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikma va malakalari shakllanadi,o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltiradi.

Men ushbu malakaviy ishini bajarish davomida o’zim uchun qimmatli bo’lgan juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni to’pladim.


iSpring QuizMaker dasturida Informatika fanidan tеstlar komplеksini ishlab chiqish va uni umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga qo`llash natijasida ularga bilim bеrish uchun elеktron qo`llanmalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini o`z ishimni bajarish jarayonida ko`rib o`tdim. Shuningdеk, o’quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda elеktron tеstlar komplеkslarini yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi, shuningdеk testlar saviyasini yanada takomillashtirish va yangi loyihalarini yaratish bo`yicha zaruriy tasavvurlarni oldim. Kеlgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim bеrish uchun albatta o’z fanim bo’yicha electron testlar, turli xil elеktron sahifalar, elеktron qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar yaratib,o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo`lishida o`zimni olgan bilimlarim bilan javob bеrishga harakat qilaman .
Takliflar.
Prеzidеntimiz alohida ta’kidlaganlaridеk, "...biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak". Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bu mas’ulyatli vazifani amalga oshirishda pedagoglarga katta vazifalar yuklatiladi, ular o’z o’quvchilarining programma hajmida bilim olishlariga mas’uldirlar. Bu vazifani amalga oshirish o’z – o’zidan bo’lmaydi, buning uchun muallim tinmay izlanishda bo’lishi, o’quvchilarni o’ta jiddiy, murakkab shu bilan birga juda

qiziqarli bo’lgan informatika va AT faniga qiziqishlarni, turli yo’llar bilan, orttirishga erishishlari lozim.


O’quvchilarning informatika va AT fanidan namunali bilimga ega bo’lishlari uchun birgina darslarda berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi, buning uchun sinfdan tashqari ishlar,to’garaklarni namunali tashkil etish zarurdir.
Informatika va AT fani o‘qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda, turli kеchalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim.
Malaka ishimizda keltirilgan Ispring dasturida electron testlarni,electron o’quv qo’llanmalarni yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantiriladi,ularni fandan o’zlashtirishlari aniqlanadi.Ispring dasturidan ta’lim muassasalarining barcha fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin