Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish


Radiatsion sterilizatsiya



Yüklə 74 Kb.
səhifə3/6
tarix17.01.2023
ölçüsü74 Kb.
#79522
1   2   3   4   5   6
Sterillash usuli

Radiatsion sterilizatsiya. AKSH va Angliyada ko’p ishlatiladigan sterillash usuli hisoblanadi. Nur bilan sterillash o’z xossasi bilan sovuq usul hisoblanib, unda sterillanayotgan predmet — harorati 3% gacha oshishi mumkin. SHu sababli bu usul haroratga chidamsiz dori moddalarni sterillash uchun kulay hisoblanadi. Sun’iy ravishda olingan radioaktiv izotoplardan So60 va yadro reaktorlar qoldiqlari radiatsion nurlanish manbalari bo’lishi mumkin. Sterillash dozasi 2,5CH106 rad (1 rad = 100 erg. modda) etarli hisoblanadi. Moslamada ishlayotgan odamlar ishlash vaqtida uning ta’siridan muxofaza qilinishi kerak. Undan sterillangan jismlarda radiatsion qoldiqlar kolmaydi va zararsiz hisoblanadi. Sterillanadigan jismlar jihozlangan holda sterilizatsiya qilinishi mumkin. Radioaktiv nurlar ta’sirida o’tkaziladigan sterillash natijasida oz miqdorda bo’lsa ham turli parchalangan qoldiqlar ajraladi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oksillar, aminokislotalar, antibio­tiklar, vitaminlarni radifaol nur ta’sirida ste­rillash natijalari o’rganilgan. Xirurgiya amaliyotida ishlatiladigan ketgut, plazma, boglaydigan-o’raydigan ashyolarni sterillash natijalari shuni ko’rsatadiki, radiaktiv nurni tirik organizmga ta’siri kuchlidir.
Filtrlab sterillash
Filtrlab sterillash deb, maxsus teshiklari bo’lgan filtrlar orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizmlardan tozalash usuliga aytiladi. Bu usul xozirgi kunda farmatsevtik zavodlarda juda keng qo’llanilib, dorixona amaliyotida ham qo’llanish me’yorlari ishlab chikilmokda. Asosan, bu usul bilan haroratga chidamsiz bo’lgan suyuq preparatlar sterillanadi. Bu usulni umuman filtrlashdan so’ng sterillangan dori moddalar eritmalari uchun qo’llash ham maqsadga muvofikdir. Bu mikroteshikchaning filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexaniq to’sikda ushlab kolishga asoslangan bo’lmay, balki shu teshikcha devorlari va govaklari orasiga tanachalarining so’rilib (adsorbsiyalanib) kolishini ham ahamiyati katta. Tekshirishlarni ko’rsatishicha, filtrlash usuli bilan sterillash natijasi mikroorganizm turi, uning eritmadagi miqdori va filtrlash usuliga bog’liqdir.

Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin