Loyiha topshirig‘i. Ichki to‘siqlari mavjud bo‘lgan qoplama quvurli issiqlik almashinuv qurilmasining issiqlik hisoblarini bajaring.
Dastlabki ma’lumotlar:
А. Issiq issiqlik tashuvchi bo‘yicha:
a) modda - benzol;
b) boshlang‘ich harorat - ;
v) oxirgi harorat - ;
g) qizdiruvchi muhit sarfi -
ESLATMA.Berilgan moddaning fizik-kimyoviy xossalari topiladi va ularga hisobot topshrig‘ini bajarishda e’tibor beriladi. Benzol, Bertlov_1825. C6H6 — aromatik uglevodorodlarning oddiy vakili. Molar massasi 78,11, rangsiz, tez yonuvchan, uchuvchan suyuqlik boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 879 kg/m3. Qaynash temperaturasi 80,1 °C. Yonganda is chiqadi. Benzol bugʻi havo bilan aralashganda portlovchi aralashma hosil boʻladi. Uglevodorodlar va koʻpchilik organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Suvda erimaydi. Gibridlabishi SP²
B. Sovutuvchi muhit bo‘yicha:
a) modda - SUV (distillangan suv);
b) boshlang‘ich harorat - ;
v) oxirgi harorat - ;
Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q 4°C dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Toza suvning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4180);
Suv molekulalarining oʻrtasida hosil boʻladigan vodorod aloqalarining modeli.