Issiqlik bilan ishlaydigan jihozlar


Qaynovchi qatlamli pechlar



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#191924
1   2   3   4
Issiqlik bilan ishlaydigan jihozlar

Qaynovchi qatlamli pechlar (QQ) kolchedanni (masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda) kuydirishda ishlatiladi (37-rasm). Ularning ish unumi sutkasiga 100—400 tonnani tashkil etadi. Ular oltingugurtning yonib chiqish darajasini va jarayon sur'atining yuqori bo'lishini ta’minlaydi, uni boshqarish va nazorat qilish oson, lekin tuzilishi murakkab. Pech gazi bilan birga uchib chiqadigan ko‘p miqdorda chiqindi hosil boMishi uning kamchiligi boMib, bu changni tozalashni murakkablashtiradi. Bunday pechlar turkumiga qaynovchi ikki qatlamli pechlar ham kiradi. Bunday pechlarda kolchedanni kuydirish pastki qatlamda, kuyindi gazlarni sovitish esa yuqori qatlamda yuz beradi. Bu pechlarning QQ pechlaridan afzalligi shundan iboratki, kolchedan yonganda chiqqan issiqlikdan jadal foydalaniladi, chiqindi changlarni sulfatlanishiga olib keluvchi hamda kuyindi gazlarning tozalanishini qiyinlashtiruvchi oltingugurt uch oksidining hosil boMishi kamayadi. Bu pechlarda oltingugurtning kuyib chiqish darajasi 96,8% ni, ish unumi sutkasiga 130 tonnani tashkil etadi.
Chang aralash gaz yuqori qatlamdan siklonga yo'naladi, qoldiq changlar yuqori qatlamga qaytariladi, changdan tozalangan gaz esa oxirigacha tozalanish uchun elektr changtutgichlarga yuboriladi.
Oltingugurtni kamerali pechlarda yondirish keng qoMlaniladi (38-rasm). Ular vertikal va gorizontal holatda tayyorlanib, bitta yoki



38-rasm. Suyultirilgan oltingugurtni yondirish uchun kamerali pech:

  1. — korpus; 2 — teshiklar o'yilgan to'siqlar; 3 — qoplama; 4 — havo kirishi uchun g‘ilof; 5 - oltingugurt uchun purkagich; 6 - mazut purkagichi.


39-rasm. Suyua fosfomi yondirish uchun minora —pech:
1—qobiq; 2 —quyuvchi qopqoqli kosacha; 3 —lyuk; 4 —uch yurishli burama quvur (zmeevik); 5 - fosfomi yondirish uchun purkagich (forsunka); 6 —yonishga

havo uzatuvchi qurilma; 7 - tiigovich; 8 —suv kollektori; 9 —kislota kollektori;
10 — kaskadli purkagich; 11 - qoplama (futerovka).

ikkita kamerali. Ulardan eng ko‘p tarqalgani ikki kamerali pech bo‘lib, u olovbardosh g'isht bilan qoplangan ichiga teshikli to‘siq o'rnatilgan po‘lat silindrdan iborat. To‘siqlar pechni 2 ta: yonish va yonishni oxiriga yetkazish kameralariga bo'Iadi. Bu pechlaming ish unumi yondirilayotgan oltingugurt bo‘yicha sutkasiga 30 dan

240 tonnagacha. Pechning issiqlik kuchlanishi 100 kW/m3gacha. Pechning yon tomoniga o'rnatilgan purkagich (forsunka) dan oltingugurt beriladi, oltingugurt o‘t olishi uchun havo suyuq oltin-gugurt purkalayotgan bo‘limga dam bilan puflaydigan qutidan beriladi.


Oltingugurtli gaz quvurcha orqali chiqariladi.
Pech undagi olovbardosh qoplama g‘ishtlarining yuzasi maxsus grelkalardan 1000°C gacha qizdirilgandan keyin ishga tushiriladi. Shundan so‘ng yon tomondagi yoqilg‘i va xomashyo beradigan purkagichlar ishga tushiriladi. Pech ishga tushirilayotganda havoning siyraklanishi 50—100 Pa bo‘lishi kerak.

Minora-pechlar (39-rasm) suyuq fosforni yondirish, fosfor (V) oksidni, uning konsentratsiyasini oshirish va gazlami sovitish maqsadida sikl bilan harakatlanadigan fosfor kislotasi vositasida gidratlash uchun ishlatiladi. Pech ichi qoplangan konus shaklidagi vertikal o‘rnatilgan korpusdan iborat. Minoraning kesik konus shakli fosfor kislotasining devorlardan bir tekis oqib tushish imkonini beradi va bu bilan qoplamani cho‘g‘ bo‘lib turgan gazlar ta'siridan saqlaydi. Qopqoqli kosasimon idish kerakli konsentratsiyadagi sikl bilan harakatlanadigan fosfor kislotasini tayyorlash uchun mo‘ljallangan (38-rasmga qarang). Hosil bo‘lgan kislotaning konsentratsiyasi (75%) ma’lum hajmda suv yuborish yo‘li bilan bir xilda tutib turiladi.



Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin