X II B O B . K O N V E K T IV IS S I Q L I K A L M A S H IN U V I
(I S S I Q L I K B E R IS H )
4 6 -§ . Umumiy tushunchalar
Konvektiv issiqlik almashuvi yoki
issiqlik berish
deb, qattiq jism bilan
suyuqlik yoki gazlar orasidagi issiqlik almashuviga aytiladi. Konvektiv
issiqlik almashuvi bir vaqtning o ‘zida ikki usul: konveksiya va issiqlik
o ‘tkazuvchanlik y o ‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda issiqlik tarqalishi
harakatlanuvchi m uhitga (suyuqlik yoki gazga) uzluksiz b o g liq d ir.
Issiqlik berish jadalligi k o ‘p hollarda issiqlik tashuvchining issiqlik
berish yuzasiga n isb a ta n h a ra k a t tezligiga b o g ‘liq b o ‘ladi. Issiqlik
tashuvchining harakati erkin yoki majburiy b o lis h i m um kin.
Erkin harakatlanish yoki
erkin konveksiya
deganda tizim da suyuqlik
yoki gazning tashqi jih atd an bir xil b o ‘lmagan massaviy kuchlar maydoni
(gravitatsion, magnit, elektr yoki inersiya maydonlari kuchlari) t a ’siridagi
harakati tushuniladi.
M ajburiy harakat yoki
majburiy konveksiya
tizim chegaralariga
q o ‘yilgan tashqi yuza kuchlari yoki tizim ichidagi suyuqlikka quvilgan
massaviy kuchlarning bir xil m aydoni; suyuqlikka tizim d a n tashqari
berilgan kinetik energiya hisobiga yuzaga keluvchi harakat hisoblanadi.
Amaliyotda suyuqlik yoki gazlarda erkin konveksiya suyuqlikning issiq
va sovuq zarrachalari zichliklarning farqi tufayli sodir b o i a d i.
Majburiy konveksiya esa tashqi ku ch —ventilator yoki nasos t a ’sirida
sodir b o ‘ladi.
Suyuqlik oqishining tartibi konvektiv issiqlik a lm ashuvi yuzaga
kelishining asosini tashkil etadi.
1884-yilda Reynolds o ‘z tajribalari asosida suyuqlik harakatining
Dostları ilə paylaş: