Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 789 islom dinining vujudga kelishi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#145416
növüИсследование
  1   2   3   4   5
Hamidova Muyassarbonu Odiljon qizi



Международный
научный
журнал

9
(100), 
часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апрель
, 2023 
г 
789 
ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI 
 
Hamidova Muyassarbonu Odiljon qizi 
Toshkent ORIENTAL Universiteti Tarix sirtqi fakulteti talabasi 
Annotatsiya:
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan 
olamshumul ta'limot. U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-
omon yashashlarini uqtirib keladi. Ayni paytda islom dinida razolat, kibr - havo, adovat, 
hasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Ushbu maqolada islom dinining vujudga 
kelishi haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar:
xudo, islom dini, quron, din, e’tiqod, alloh, arab, xalq, itoat, payg’ambar, 
iymon, marosim, ramazon, qurbonlik, hayit, Makka. 
 
Din - xudo yoki xudolar, g'ayritabiiy kuchlar mavjidligiga ishonish. Din muayyan 
ta'limotlar, his tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon 
bo'ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning 
o'ziga xos usuli. Dinning paydo bo'lishi haqida yagona fikr yo'q. Islom dini ta'limotiga ko'ra, 
din - Alloh tomonidan o'z payg'ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur 
bo'lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan ayni vaqtda insonga to'g'ri, haqiqiy 
hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan 
ta'limotdir. 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa 
xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib 
bormoqda. 
Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo 
bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni 
anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar. 
“Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
1. Itoat va bo’ysunish. 
2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish. 
3. Sulh va omonlik. 
Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va 
butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik 
demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi 
musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo’lishi VI asr oxiri-VII asr 
boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan bevosita 
bog’liqdir. Xo’sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o’z ifodasini topgan edi? Avvalo, 
arablarning katta-kichik qabila va urug’larga bo’linib ketganligida. Bunday bo’linish - ular 
o’rtasidagi doimiy o’zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina 
vayronalik keltirmoqda edi, xolos. 


Международный
научный
журнал

9
(100), 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin